Mirziyoyev migrantlar uchun nima qilib bersin?

Image copyright RIA NOVOSTI

Bu BBC Oʻzbek xizmatining mushtariylari muhokamasiga qoʻygan mavzu edi.

"Men shuni istardimki, yurtboshimiz migrantlarga sharoit qilib bermasinlar, oʻzimizda ish oʻrni koʻpaysin, biz migrant boʻlmaylik", deb yozadi Odnoklassniki foydalanuvchisi Dilmurod Mamurov.

Bugun oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari Rossiyada duch kelayotgan mushkulliklar va muammolar BBC O'zbekning Odnoklassnikidagi OK LIVE jonli muloqotida ham koʻtarildi.

BBC O'zbek OK LIVEida Moskvada faoliyat yuritayotgan mustaqil jurnalist Sohiba Hayitboyeva ishtirok etdi.

Mirziyoyev hukumati Rossiyadagi oʻzbeklarga qanday yordam berishi mumkin?

Image copyright OK.RU/DILMUROD MAMUROV
Image caption OK.RU/DILMUROD MAMUROV

Rossiya: yongʻin qurbonlari barchasi oʻzbekistonlik ekani tasdiqlandi

Rossiya: Mingdan ortiq migrant Hajga bora olishi mumkin

"Biz Oʻzbeklar dunyoni barcha davlatlarida musofirlik nonini yeb yuribmizmi, bu tabiiyki, oʻsha davlatga yoqmaydi. Chunki biz 10 soʻm topsak, 9 soʻmini uyga joʻnatadigan millatmiz. Qolgan millatlarga qaranglar, yo joʻnatadi, yo yoʻq, oʻsha joyni oʻzida ichib... yuradi. Shuning uchunam bizga lgota yoʻq, agar lgota qilsa, 2 yilda biz bor-budini yigʻib olib ketamiz va buni Rossiya hukumati juda yaxshi biladi. Shuncha qiynasayam oʻzbekman degan kamida 200$, 300$ joʻnatyapti. Aslini olganda boshqa millat fuqarolari bizdan oʻrgansin! Qolganlarga yoʻl ochikligi bilan bir qarab koʻring-chi, u nima qilyapti?"

AKROMJON HASANOV: Hurmatli prezidentimizdan shu narsani soʻrardimki, Rossiyadan pul joʻnatmalarini rublda joʻnatishni yoʻlga qoʻyishlarini va Oʻzbekistonda ham rubl bilan muomalani yoʻlga qoʻyishlarini istardim. Birinchidan, rubl joʻnatsak dollarning sal qadri pasayardi, rubl qulayroq va Rossiyaning Sberbanki bankomatlarini ham oʻrnatishlarini xohlardim. Masalan, Tojikiston fuqarolari pul joʻnatmalarini rublda joʻnatishadi. Ular uchun qulay. Qani bizda ham shu talabim va taklifim koʻrib chiqilsa biz migrantlarga rosa ham oson va qulay boʻlardi.

Murodov Halil: Patent, registratsiya bu Rossiyani siyosati. Buni qanchalik yo'q qilishlarini istasak ham baribir hozircha olib tashlamaydi Rossiya. O'zbekiston Yevrazesga kirmar ekanb bu masala yopiqligicha qoladi. Lekin shuni istardimki O'zbekiston hukumatidagilardan faqat Dollir yuborishni emas, Rubl yuborishni yo'lga qoyishga hech bo'lmaganda migrantlarga ozmi-ko'pmi yordam bo'lardi. Chunki hozirgi kunda pul yuborish uchun siz Dollarni sotib olasiz va yana uni 1,5 foiz evaziga uyga yuborasiz. Gohida dollar qimmat bo'lishi bor, gohida esa arzon. Tojikiston, Qirg'iziston fuqarolariga yaxshi, chunku ular dollarni sotib olib o'tirishmaydi, shunchaki qo'llaridagi bor rublni yuborishadi.

Qalb gavxari: Patentni, oylik toʻlovini kamaytirish yoki butunlay bekor qilishga yordam berishini soʻrayman. Agar shu ishlar amalga oshsa davlatimizga chet el valyutasini kirishi yaxshi boʻlardi va biz ham Rossiya Federatsiyasida ishlab oilaviy iqtisodimizni yaxshilab olardik va oʻzimizda tadbirkorlik bilan shugʻullanardik.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq