Oʻzbek qizi Gollandiya qiroliga hamrohlik qildi

Milliy xotira bogʻi ochilish marosimi Image copyright AFP/Gettey Images

Niderlandiyaning Fayfhauzen (Vijfhuizen) shaharchasida 2014 yil 17 iyulida Donetsk osmonida urib tushirilgan Malaysia Airlines aviashirkatiga qarashli uchoq yoʻlovchilari xotirasiga barpo etilgan Milliy xotira bogʻining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda Shollandiya qiroli Uillem - Aleksandr va qirolicha Maksima ham ishtirok etgan. Qirol va qirolichaga oʻzbek qizi Nurxon hamrohlik qilgan.

Marosim chogʻida aviahalokat qurbonlarning ismlari birma-bir oʻqib eshittirilgan.

Bellingcat: Malayziya uchogʻini urib tushirgan "Buk"ka guvohlar bor

MH17 halokati: "Buk" Rossiyadan olib kelingan

Malayziya uchog'i "raketa bilan urib tushirilgan"

Ukrainada Malayziya yoʻlovchi uchogʻi halokatga uchragan

Xotira tadbirida qatnashish uchun turli mamlakatlardan yetib kelgan halok boʻlganlarning yaqinlari ushbu jinoyatni sodir etganlar xalqaro mahkama qarshisida hozir boʻlishiga umid bilan yashayotganlarini bildirishgan.

Image copyright AFP/Getty Images
Image caption Oʻzbek qizi Nurxon Qirol va qirolichaga hamrohlik qilgan

Bundan roppa-rosa uch yil oldin sodir boʻlgan hodisada Niderlandiya, Malayziya, Avstraliya, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Belgiya, Filippin va Kanada doxil toʻqqiz mamlakatning jaʼmi 298 fuqarosi halok boʻlgan, ularning 193 nafari Niderlandiya fuqarolari edi.

Ukrainada davom etayotgan harbiy nizo ishtirokchilari ushbu halokatda bir-birlarini ayblab keladilar.

Xalqaro tergov guruhi esa yoʻlovchi uchogʻi rossiyaparast boʻlginchilar nazorati ostida boʻlgan hududdan aynan Rossiyaga tegishli zenit-raketa kompleksi vositasida urib tushirilgani haqida dastlabki xulosalarini maʼlum qilgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02