Chirchiqlik nogiron ona: pensiyamni qirqishdi

Munavvar Hasanova nevarasi bilan Image copyright OK.RU

Chirchiqlik koʻrish boʻyicha ikkinchi guruh nogironi, 46 yashar Munavvar Hasanovaning aytishicha, Rossiyada boʻlgani uchun Chirchiq shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimi masʼullari nogironlik pensiyasini "kesish"ga qaror qilganlar.

"Kasal boʻlsang uyingda oʻtir, dersiz, ammo shu yerda yashashga majburman. Qizim bir oʻzi ishlaydi. Men va ikkita bolasini boqadi, ijara haqi toʻlaydi, bir bolamning koʻzini ham operatsiya qildirishimiz kerak. Hatto yoʻlimizga ham pul topa olmayapmiz. Boʻynimdan katta oʻsimta chiqqan. Pulim yoʻqligi sabab oldira olmayapman. Undan oldin ikkita ogʻir operatsiyani boshdan kechirganman", deydi hozir Moskva shahrida yashayotgan Munavvar Hasanova.

Munavvar Hasanova bilan suhbatni BBC O'zbekning YouTubedagi kanalida tomosha qiling

BBC Munavvar Hasanovaning muammosi boʻyicha Chirchiq shahar hokimligi, Chirchiq shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimi xodimlaridan munosabat olishga harakat qildi.

Biroq shahar hokimligida ham, ijtimoiy taʼminot boʻlimida ham ushbu savolga masʼul xodimlar ish joyida yoʻqligini aytishdi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02