Oʻzbekistonda nima gap: Hajga bepul ziyorat, ortga qaytayotgan atiqa va migrantlar uchun yangi film

Migrantlar Image copyright courtesy

Kunning eng muhim videoyangiliklari majmui: Oʻrta asrlarga mansub islomiy meʼmoriy obidadan oʻmarilgani aytilgan parcha Oʻzbekistonga qaytarilmoqda. Rossiyaga ish izlab ketayotgan migrantlar uchun yangi qoʻllanma-film yaratilgan. Yetmishdan ortiq oʻzbekistonlik faxriy esa, bepul Hajga borishadi.

Batafsil: Videoyangiliklarimiz

Oʻzbekiston chetda oʻz migratsiya vakolatxonalarini ochmoqchi

Oʻzbekistonda Haj ziyorati kvotasi oshirildi

Matn oʻrnida: Oʻrta asrlarga mansub islomiy meʼmoriy obidadan oʻmarilgani aytilgan parcha Oʻzbekistonga qaytarilmoqda. Xabarlarga koʻra, bunga Britoniya muzeyi yordam bergan. Xattotlik namunasining Buxoradagi "Chashmayi Ayyob" maqbarasidan qay tariqa olib ketilgani maʼlum emas. Ammo uning qiymati bir necha oʻn ming sterlingga teng ekani aytilmoqda.

Rossiyaga ish izlab ketayotgan migrantlar uchun yangi qoʻllanma-film yaratilgan. Yangi film Saxarovoda joylashgan Moskva Migratsiya markazi buyurtmasi asosida suratga olingan. Uning Oʻzbekiston, Tojikiston, Moldova, Ukraina va Ozarbayjonda namoyish etilishi aytilmoqda.

Yetmishdan ortiq oʻzbekistonlik Ikkinchi Jahon urushi faxriysi bepul Hajga borish imkoniga ega boʻlishgan. Bu haqda "Nuroniy" jamgʻarmasining matbuot xizmati maʼlum qilgan. Maʼlum boʻlishicha, buning uchun mablagʻ prezident tomonidan ajratilgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02