Osiyolik gey va lesbiyanlar g'ayriixtiyoriy nikohga majburlanmoqdalar

Ҳамжнисбозлар тўйи

Britaniya politsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, bu mamlakatda yashayotgan asli kelib chiqishi osiyolik bo'lgan gey va lesbiyankalarni geteroseksual oila qurishga majbur etmoqdalar.

Misol uchun Uest-Midlends politsiyasi oxirgi vaqtlarda o'zlariga murojaat qilayotgan yoshlarning soni ortib borayotganini xabar qilgan.

Yoshlar o'z ixtiyorlariga qarshi ravishda o'zga jinsdagi inson bilan oila qurishga majburlanayotganlaridan shikoyat qilayotgan emishlar.

Рамзон Қодиров гейларни 'шайтонлар', деб атади

38 ёшли гей доктор Ирландиянинг бош вазири бўлди

Гейлар байрамида Ўзбекистон байроғиPolitsiya ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan yili kamida 30 inson gey bo'lib uylanishga yoki lesbiyan bo'lib turmushga chiqishga majbur bo'lgan.

Aslida bunday nikohlar soni bundan ham ko'p bo'lishi mumkin, deyishadi muxbirlar.

Chunki Janubiy Osiyo mamlakatlari jamoalari uchun gomoseksual munosabatlar mavzusi tabu hisoblanadi.

Xabar qilinishicha, politsiya axborotini xayriya tashkilotlari va LGBT jamoalari birlashmalari ham tasdiqlagan.

Bi-bi-si kelib chiqishi Janubiy Osiyo mamlakatlaridan bo'lgan insonlar orasida so'rov o'tkazgan va bu so'rovda 22 kishi gomoseksual bo'lgani uchun o'zining oilasi a'zolari tomonidan bosim ostida qolganlarini aytgan.

Ularni qarama-qarshi jinsdagi inson bilan oila qurishga majbur etganlar.

Bu insonlarning aksari qarindoshlarining oila qurish bosimlariga ko'nganlar, ular o'z oilasining sharmanda bo'lishini istamaganlari va o'zi yomonotliq bo'lmasligi uchun shunday yo'l tutganlarini aytganlar.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq