Uyg‘urlar endi Misrdan ham deportatsiya etilishlari mumkin

Хитой Image copyright AFP/Getty

O'tgan ikki hafta davomida amalga oshirilgan ustma-ust hibslar Misrdan boshpana topgan ayrim xitoylik uyg'urlarni qo'rqitgan.

Xabarlarga ko'ra, ular Misrni tark etish yoki yashirinishga majbur bo'lishgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Istanbul aeroportida yuzga yaqin uyg'urlar ushlangan

Tailanddagi uyg'urlar ochlik e'lon qilganlar

Agar, rasmiy Qohiraning izohiga tayanilsa, hibsga olinganlar noqonuniy muhojirlar bo'lishgan.

"Bu - Misrdagi uyg'urlarning ta'qib etilishi emas va odatiy tekshiruvdir".

Ammo inson huquqlari faollari jiddiy xavotirda.

Ularning ta'kidlashlaricha, ortga deportatsiya qilinishgan taqdirda, bu uyg'urlar Xitoyda o'zboshimcha hibs va qiynoqlar tahdidi ostida qolishadi.

Ayrimlarini jangarilikda ayblab, Xitoy bu milliy ozchilikka, yillarki, tazyiqlar o'tkazib keladi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02