Navbat endi ‘Putinning qimmatbaho soati’ga keldimi?

Путин Image copyright Getty Images

Monakodagi kimoshdi uyi bildirishicha, kuni-kecha sohibi Vladimir Vladimirovich Putin, deb ko'rsatilgan soatni sotishgan.

"Patek Philippe Triple Complication"ning bu qimmatbaho modelini noma'lum mijoz sotib olgan.

Lot raqami 239 bo'lgan 'Patek Philipp Platinum Vladimir Putin' soati savdoning birinchi kunidayoq sotilib ketgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Putin: 'Qizlarim siyosat va biznes bilan shug'ullanmaydi'

Ijtimoiy tarmoqlar: "Putin haqiqiy do'stimiz ekan!"

Monakodagi uch kunlik kimoshdi savdosi bugun yakun topadi.

Bu soatning korpusi platina bilan qoplangan, abadiy taqvim, xronograf va repiter bilan jihozlangan, siferblati oltindan ishlangan.

"Monaco Legends"ning bildirishicha, soat juda noyob, juda cheklangan partiyada ishlab chiqariladi.

Ya'ni, xos mijozlarning maxsus buyurtmalari asosida ishlab chiqariladi.

Ayon bo'lishicha, bu soat noma'lum mijozga 1.054 million yevroga tushgan.

Kimoshdi uyi esa, o'z tartib-qoidalariga muvofiq, uning shaxsini oshkor etmagan.

Ammo keyinroq "Monaco Legends" Bi-bi-siga "Patek Philippe Triple Complication" "juda muhim bir inson tomonidan Vladimir Vladimrovich Putinga hadya sifatida qo'lga kiritilgani"ni aytgan.

Kimoshdi uyiga ko'ra, "Patek Philippe"ning kafolat hujjatida 99.9% holatda asl xaridorning ism-sharifi keltiriladi.

Juda kamdan-kam hollardagina bu ma'lumot qayd etilmaydi.

Savdodan ancha avval esa,prezident Putin matbuot voizi soatga oid xabarlarni "soxta", degandi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02