Saudiya Arabistoni: ‘Twitter’dagi video shahzodaning hibsi bilan yakunlandi

Подшоҳ Салмон Image copyright Reuters

Shahzoda Saud bin Abdulaziz bin Musaid bin Saud bir Abdulaziz as-Saud podshoh Salmoning buyrug'i bilan hibsga olingan.

Bunga shahzoda bilan bog'liq ijtimoiy-muloqot tarmoqlarida ommalashib ketgan bir video sabab bo'lgan.

Xabarlarga ko'ra, unda shahzoda "bir necha kishini kaltaklayotgani" aks etgan.

"Al-Ikhbariya TV" davlat televideniyesi "Twitter" akkauntida yozilishicha, hibsga oid buyruq bunga o'xshash har qanday zo'ravonliklarning oldini olish uchun berilgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Saudiya podshohi: 'Menga Allohning sifatini bermang'

Saudiya podshohi jiyanidan ko'ra o'z o'g'lini afzal bildimi?

Shahzoda esa, poytaxt Ar-Riyod politsiyasi tomonidan qo'lga olingan.

Davlat televideniyesining boshqa bir tvitida yozilishicha, "podshohlikning bu buyrug'i adolatsizlik, zulmkorlik, xiralik va jabru sitamga yo'l qo'ymaslik uchun chiqarilgan".

Saudiya Arabistoni tomonidan moliyalanuvchi "Al-Arabiya" televizion kanali xabar berishicha, mahkama o'z hukmini aytmaguncha, shahzoda bilan birga videoda aks etgan biror bir shaxs qo'yib yuborilmaydi.

Tahrir qilingan bu videolavhani podshohlik oilasiga qarshi tanqidlari bilan tanilgan G'anim ad-Dusariy 19 iyul kuni tvit qilgan.

Unda, go'yoki, shahzodaning bir qancha kishini kaltaklab, erkagu ayolni birdek la'natlab, haqoratlayotgani aks etgan.

Mazkur videolavha shu paytgacha qariyb uch ming marta qayta tvit qilingan.

Bi-bi-si shu soatlarda videoning haqiqiymi-yo'qligini mustaqil manbalardan tasdiqlashga imkonli bo'lmagan.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.