Himoya maqsadida nojangovar qurolga ruxsat beriladimi?

қурол Image copyright Getty Images

O'zbekistonda o'zini himoya qilish uchun qurol olib yurishga ruxsat berilishi mumkin. Qonun loyihasi tashabbuskori Ichki ishlar vazirligidagi manba Bi-bi-siga ushbu qurol pnevmatik va gazli bo'lishini tasdiqladi.

O'zbekistonda qurolga ruxsat berilgani yaxshimi yoki berilmagani? OK LIVE jonli muloqotimizni tomosha qiling

Markaziy Osiyoda Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistonda o'zini himoya qilish uchun jangavor bo'lmagan qurol olib yurishga ruxsat berilgan.

Bu haqdagi qonun loyihasi O'zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi saytida muhokama qilinmoqda.

Qonun loyihasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqamasi tomonidan taqdim qilingan.

Unda fuqarolar olib yurishiga ruxsat berilgan qurollar uchga bo'linganini ko'rish mumkin. Ov qilish maqsadida, sport va o'zini himoya qilish uchun.

Qonun loyihasi tashabbuskori Ichki ishlar vazirligidagi manbaning aytishicha, o'zini himoya qilish maqsadida faqat pnevmatik qurol olib yurishga ruxsat berish nazarda tutilgan.

Loyihada pnevmatik qurolga, masofadagi nishonni urishga mo'ljallangan, siqilgan, suyultirilgan yoki gazsimon modda tomonidan olinuvchi energiya hisobiga yo'nalish oluvchi snaryad, deya ta'rif berilgan.

O'zbekistonga qo'shni Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston respublikalarida o'zini himoya qilish uchun pnevmatik, gazli va tovushli qurollarga ruxsat berilgan.

Pnevmatik va gazli qurol jangovar qurolga nisbatan kuchsizroq bo'lgani va kamroq zarar yetkazgani hisobiga jangovar bo'lmagan qurollar toifasiga kiritilgan.

Islom Karimov Prezident bo'lgan davrda O'zbekistonda har qanday qurollilarga nisbatan ishonchsizlik shakllangan edi. Hatto ovchilarning qurollarini yig'ib olish holatlari bo'lgan.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq