Tanqidiy maqoladan so‘ng hokimiyat 850 million so‘m naqd to‘ladi

Уйи бузилганлар товон пулини кутиб чайлада яшаётган бўлган Image copyright kun.uz
Image caption Uyi buzilganlar tovon pulini kutib chaylada yashayotgan bo'lgan

Payariq tumanidagi uyi buzilgan fuqarolarning muammosi kun.uz nashriga chiqqanidan 2 kun o'tib ijobiy yechim topdi. Maqolada 9 xonadon egasi hokimiyat tomonidan buzilgan uylariga tovon puli ololmasdan chaylada yashayotgani yozilgandi. Ikki kundan so'ng Payariq tuman hokimiyati uyi buzilganlarga 850 million so'm tovon pulini naqd ko'rinishda bergan.

21 iyul kuni kun.uz sayti muxbiri Shuhrat Shokirjonov "Imom Buxoriy majmuasi yaqinida uyi buzilgan oilalar tovon puli olisholmayapti" nomli maqola chop qilgan. Muallif muammoni o'rganish uchun Payariq tumanida bo'lgan va odamlarning shikoyat maktubida ko'rsatilganidek chaylada yashayotganiga guvoh bo'lgan.

"Buzilgan xonadon sohiblari haqiqatdan ham ayni damda paykalda chayla tikib, chivinga talanib yashashga majbur bo'lishmoqda. Chunki yuqorida ta'kidlanganidek, mablag' yo'q, qurilish ishlari to'xtab yotibdi", - deb yozgan muallif.

Hokim o'rinbosari maqola chiqqunga qadar 4 nafar militsiya qurshovida qishloqqa kelib, uyi buzilganlarning talablarini yoqtirmasdan eshitgan va ularga do'q-po'pisa qilib ketgan.

Maqola chiqqanidan ikki kun o'tgach qishloq aholisi o'zlari istagan tovon pulini olishganini ma'lum qilishgan.

"Qishlog'imizda bayram bo'lib ketdi, odamlar sizlardan ham, murojaatimizga «labbay» deb javob bergan mutasaddi rahbarlarimizdan ham xursand, ertadan hamma yangi vatanini qurishga kirishadi", - deya o'z A.Yo'ldoshevning so'zlaridan iqtibos keltiradi kun.uz.

Payariq tumani Imom al-Buxoriy ziyoratgohi atrofidagi uylar Imom Buxoriy hadislar maktabi va ilmiy tadqiqotlar markazi qurilishi uchun buzilgan.

•Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq