Siz Shavkat Mirziyoevning prezident lavozimidagi faoliyatini qanday baholaysiz?

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Image copyright President.uz

"Ijtimoiy fikr" markazi Prezident Shavkat Mirziyoevning yuritayotgan siyosati borasida o'zbekistonliklarning munosabatini bilish maqsadida ekspress-so'rov tashkil qilgan.

Шавкат Мирзиёев: Номаълумликдан машҳурликка

Янги Мирзиёев эскисидан фарқ қиладими?

Шавкат Мирзиёев: Ислом ва Каримов ўртасида

Экспресс-сўров қатнашчиларига

2016 yil 4 dekabrda davlat rahbari etib saylangan Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatini Siz qanday baholaysiz?

Shavkat Mirziyoev tomonidan yuritilayotgan siyosat Sizning orzu-umidlaringizni qay darajada oqladi?

Prezident «xalq qabulxonalarini» ta'sis etish g'oyasini qo'llab-quvvatlaysizmi?

Siz O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga qay darajada ishonasiz?

savollari berilgan.

Ekspress-so'rovda necha kishi ishtirok etgani ma'lum qilinmagan.

Image copyright .

So'rov "Ijtimoiy fikr" markazi tomonidan 5-15 iyul kunlari Toshkent shahrida o'tkazilgan.

Kun.uz xabar tarqatishicha, so'rovda qatnashganlarning 89,7% foizi janob Mirziyoevning Prezident sifatidagi faoliyatini ijobiy baholaydilar.

So'rov ishtirokchilarining 92,4 foizi Prezident Mirziyoevga to'la ishonishlarini aytganlar.

Siz Shavkat Mirziyoevning prezident lavozimidagi faoliyatini qanday baholaysiz?

O'z fikr-mulohazalaringizni Bi-bi-si O'zbek xizmatining sotsial tarmoqlaridagi sahifalarida bo'lashing!

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

Telegramdagi kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq