‘Singlingni zo‘rladimi, singlisini zo‘rla...’

Мўлтон Image copyright AFP/GETTY IMAGES

Bunga o'xshash hodisa shu kunlarda Pokistonning Mo'lton shahrida yuz bergan.

Politsiya o'smir qizni zo'rlashga buyurganlik gumoni bilan 20 ga yaqin kishini hibsga olgan.

Da'volarga ko'ra, bu ish jabrdiyda qiz akasining qilgan qilmishiga qasdma-qasd amalga oshirilgan.

Ustiga ustak, bu ikki oila bir-birlari bilan qon-qarindosh bo'lishgan.

Bu haqda mahalliy politsiya bo'limidagilar bildirishgan.

Pokiston tibbiyot talaba qizlari muammosi: shifokor yoki rafiqa?

Har ikki jinsiy zo'ravonlik hodisasiga qanday javob berish masalasida oilalar birgalikda qaror berishgan.

"Akasi 12 yashar qizni zo'rlagani bois qishloq kengashi shunday to'xtamga kelgan. Jazo sifatida bu yigitning 16 yoshli singlisini zo'rlashni buyurgan", - deb aytgan politsiya vakili Alloh Baxsh.

Dastlabki zo'ravonlik shu oy boshida yuz bergan.

Bir yigit qishloq kengashiga kelib, o'zining 12 yashar singlisi amakivachchasi tomonidan jinsiy zo'rlanganini aytgan.

Ayon bo'lishicha, bunga javoban shikoyatchiga o'sha odamning singlisini zo'rlashi kerakligini aytgan.

Qizga ularning qarshisida hozir bo'lishi buyurilgan va u o'sha odamlar, yana ota-onasining ko'z o'ngida zo'rlangan.

Bu haqda Pokistonning "Dawn" gazetasi xabar bergan.

Yuz bergan so'nggi zo'ravonlik hodisasi ortidan har ikki jabrdiyda qizning onasi politsiyaga rasman shikoyat qilishgan.

O'tkazilgan tibbiy tekshiruvlar esa, qizlarning zo'rlanishganini tasdiqlagan.

Bi-bi-si manbalariga ko'ra, qishloq kengashi, aslida, shu ikki oila a'zolaridan tashkil topgan.

Pokistonning qishloq hududlarida azal-azaldan ish yuritib keluvchi jirga yoki kengashlar tarkibiga esa, odatda, o'sha yerda yashovchi oqsoqollar kirishgan.

Ular birgalikda turli janjal va mojarolarni hal qilishgan.

Lekin ularning faoliyati noqonuniy, deb ko'riladi.

Ular o'tmishda oila sha'ni, deb bergan o'lim hukmi yoki Mo'ltondagisiga o'xshash zo'ravonliklar borasida bergan qarorlari uchun tanqidlar ostida qolib kelishgan.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02