O‘zbekiston: “Qachongacha shavla ketsa, ketsin, obro‘ ketmasin, deb to‘y qilamiz...”

Тўй

Agar, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning yaqinda qilgan chiqishiga tayanilsa, to'ylarni kamxarj qilish evaziga mamlakatda kambag'allar foizini kamaytirishga muvaffaq bo'lishgan.

To'ylarga ketayotgan kattadan-katta mablag'lar, yo'l qo'yilayotgan isrofgarchiliklar, kimo'zarchilik, dabdavozlik hollari, ayniqsa, so'nggi yillarda deyarli barcha mintaqa davlatlarida jiddiy muhokama mavzusiga aylangan.

Ayni mavzuga bag'ishlangan videomuloqotimizni tomosha qilish uchun ana shu linkka bosing.

O'zbek matbuoti mustaqillik, to'ylar va fonogramma haqida

To'ylar va o'ylar...

Bu kabi hollarning oldini olish, deylik, birgina O'zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan, qarorlar qabul qilingan.

Ma'rifiy, tushuntirish, maslahat ishlari yo'lga qo'yilgan.

Ayni shu masala matbuotning diqqat-markazidagi, ziyolilarning jiddiy xavotirlariga sabab mavzulardan biriga aylangan. Ammo, shunga qaramay, vaziyat deyarli o'zgarmagan.

Turli nufuzli xalqaro tashkilotlar hisobotlariga tayanilsa esa, aksariyat Markaziy Osiyo davlatlari aholisining salmoqli qismi o'rtahol yoki kambag'allikda hayot kechiradi.

Shunday ekan, Siz bugun to'ylarga xarjlanayotgan mablag'lar haqida qanday fikrdasiz?

Bu kabi dabdabali to'ylar odamlarni qanchalik qiyin ahvolga solib qo'ymoqda?

To'ylarning ixcham, kamxarj, ammo chiroyli qilib o'tkazishiliga munosabatingiz?

Bugun to'ylarga sarflanayotgan xarajatlarning qisqartirilishi kambag'allik darajasining pasayishi, kambag'allar safining kamayishiga xizmat qiladimi?

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02