Istanbul do‘l, dovul va suv toshqinlari girdobida

Туркия Image copyright AFP

Yozning jazirama issiq kunlarida Istanbul yana bir tabiiy ofatga yuz tutgan.

Do'l va kuchli yomg'irlar shaharni o'z zabtiga olgan.

Daraxtlar qulagan, ko'chalarni suv bosgan, odamlar aro yo'lda qolgan.

Mahalliy manbalarga ko'ra, kamida ikki kishi yaralangan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Video - Moskvadagi dovul: oʻzbekistonliklar orasidagi talofat qanday?

Bu - bir oyning ichida kuzatilayotgan ketma-ket ikkinchi tabiiy ofatdir.

Istanbul roppa-rosa 10 kun burun kuchli jalalar ostida qolgan.

Yo'llarga suv toshib, hatto, mashinalar qatnovi imkonsiz bo'lib qolgan.

Yo'l chetlaridagi do'konlar va binolar ham suvdan ziyon chekishgandi.

Turkiya o'zbekistonliklar uchun ham asosiy tijorat va sayohat manzillaridan biri sanaladi.

Turkiyada tahsil va turli yumushlarda band o'zbekistonliklar soni minglab ekani aytiladi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02