Vazirning yosh o‘rinbosari tomdilik qiynalgan otaxonga e’tibor qaratdi

Вазир ўринбосари томдилик отахон билан Image copyright Facebook/Alisher_Sadullaev
Image caption Vazir o'rinbosari tomdilik otaxon bilan

Yaqinda "Kamolot" qurultoyida Mirziyoyev tomonidan Xalq ta'limi vazirining o'rinbosari etib tayinlangan Alisher Sa'dullayev yolg'iz va nogiron otaxon haqida yozdi.

Vazirning 23 yoshli o'rinbosari Facebook sahifasida Navoiy viloyatining Tomdi tumanidagi otaxon safarini tom ma'noda o'zgartirib yuborganini yozdi.

"Tomdilik otaxon mening safarimni tub ma'noda o'zgartirib yubordi. Kecha ust-boshimni almashtirib, oddiy xalq bilan muloqot qilishga otlandim. Kunimni aynan shu ish bilan boshlashga axd qilgandim!", - deb yozadi u.

Image copyright Facebook/Alisher_Sadullaev

Alisher Sa'dullayev e'tibor qaratgan otaxonning ismi sharifi keltirilmagan, biroq uning 70 ga kirganini, farzand ko'rmaganini, bo'ksasi singanligi va mo'ysafid davrida yolg'iz qolganini anglash mumkin.

"Aslida bu otaxonni maktablarni aylanib yurgan vaqtimda derazadan ko'rib qoldim. Buni payqagan shu yerliklar meni chalg'itmoqchi bo'lishdimi, tezda meni gapga solishdi, ammo ularning barchasidan o'sha yerda qolib meni kutishlarini so'radim. Yaqinlashib hol-ahvol so'radim, otaxon bir necha yildan beri bo'ksasi singanligi tufayli arang o'zi mustaqil oyoqqa tura oladi. Buni ko'rib chidab tura olmadim va tuman hokimi muovinini chaqirishlarini so'radim. Ajablanarlisi, ular bu otaxon haqida bilmas emishlar!!!", - deya hayratini izhor qilgan yosh mulozim.

Alisher Sa'dullayev gapiga isbot sifatida otaxonning uyi va bilan tushgan suratlarini joylashtirgan. Mahalliy mulozimlar otaxonga ijtimoiy yordam ko'rsatishishini aytishgan.

"Shunday bo'lsada, bu otaxonga ijtimoiy yordam ko'rsatilishi takidlab o'tildi! Otaxonning hamma ma'lumotlarini oldim va hokim muovini bilan kelishib oldik! Aslida barchamiz shunday joylarga borib, shu kabi mazlumlarimizning holidan xabar olishimiz shart!", - deya postiga yakun yasagan u.

22 yoshli Alisher Sa'dullayev "Kamolot" qurultoyida Prezident Mirziyoyev nazariga tushgach, Xalq ta'lim vaziri o'rinbosarligiga tayinlangan. Tadbirkor Alisher Sa'dullayev qurultoyda so'z olgan va u tomonidan yangragan takliflar Prezidentga ma'qul kelgan.

1994 yil 11 iyulda tug'ilgan Sa'dullayev 23 yoshga to'lishiga 10 kun qolganda mustaqil O'zbekiston tarixida ilk marotaba eng yosh vazir o'rinbosari lavozimiga o'tirgan.

Qalampir.uz saytining xabar berishicha, Alisher Sa'dullayevni Mirziyoyevning o'zi qurultoyda tajriba tariqasida vazir o'rinbosari etib tayinlagan.

Bunday qilinishiga Alisher Sa'dullayev tomonidan yoshlarga til o'rgatish istiqbollari haqida Prezidentga bergan takliflari sabab bo'lgani aytilgan.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq