Turkiyada yirik mahkama: qariyb 500 kishining ishi koʻriladi

Minglab kishilar Gulen bilan aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan Image copyright EPA
Image caption Minglab kishilar Gulen bilan aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan

Turkiyada oʻtgan yil kechgan muvaffaqiyatsiz toʻntarishda ishtirok etish ayblari bilan qariyb 500 kishi ustidan mahkama jarayoni boshlanmoqda.

Gumon ostida boʻlgan yuzlab shaxslar maxsus mahkama binosida hozir boʻlishadi.

Turkiya qaysi yoʻlni tanlaydi?

Boʻlingan Turkiya kelajagi uchun ovoz bermoqda

Erdoʻgʻon: "Qoʻlida quroli yoʻq odamlarning imoni bor edi"

Ularga qoʻyilgan ayblar qatorida prezidentni oʻldirishga ahd qilish ham bor.

Bu harbiylar 2016 yilning iyun oyida davlat toʻntarishini amalga oshirish va qudratni egallashga harakat qilishgani va oqibatda 249 tinch aholining hayotiga zomin boʻlishgani aytiladi.

Image copyright EPA
Image caption Prezident

Davlat toʻntarishiga doir buyruqlar aynan Akinchi havo bazasidan berilgan, parlament bombardimon etilib, prezident Erdoʻgʻon qudratdan chetlantirilishi rejalangan, deyiladi aybnomalarda.

Toʻntarishga urinishdan keyin hukumat minglab odamlarni hibsga olgan.

Aksariyat Amerikadan boshpana topgan Fathulla Gulen bilan aloqalarda ayblangan.

Fathulla Gulen Anqara tomonidan oʻziga nisbatan barcha ayblovlarni rad etib keladi.

Erdoʻgʻonning tanqidchilari esa uni ayni toʻntarish bahona oʻz qudratini mustahkamlashga urinishda ayblashadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq