Bosh vazir abituriyentga: "Yuridicheskiyda nima qilasan, svyazga bor"

Bosh vazir "ixtirochi" abituriyentga TATUga topshirishni maslahat bergan Image copyright Gazeta.uz
Image caption Bosh vazir "ixtirochi" abituriyentga TATUga topshirishni maslahat bergan

Bosh vaziri Abdulla Aripov elektron shpargalka bilan qoʻlga tushgan abituriyentga kulib Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga topshirishni maslahat bergan. Aripov 1 avgust kuni oliygohlarga kirish imtihonlarini oʻzi borib kuzatgani xabar berilmoqda.

U Toshkent davdat yuridik univertistetiga kirish imtihonlari oʻtayotgan "Oʻzekspomarkaz" pavillionlariga borgan.

Bosh vazir av abituriyent suhbatini tomosha qilish uchun linkni bosing

Abdulla Aripov u yerda oʻqishga kirish uchun elektron shpargalkadan foydalanishga harakat qilgan abituriyent bilan qisqa suhbat qilgan.

Abituriyent - 2017: Hujjat topshirish uchun formada kel!

Andijonda hijobli abituriyentlardan hujjat qabul qilinmagan

BBCga aytaman: Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari gʻarbnikidan oliyroqmi?

Oliy taʼlim: Oʻzbekistonning nega dunyoda oʻrni yoʻq?

Gazeta.uz tomonidan olingan videodan Bosh vazirning elektron qurilmani kuzatayotganini koʻrish mumkin.

U qurilmani yasagani aytilayotgan abituriyentga "bunaqa narsa bilan nima qilasan Yuridicheskiyga topshirib, Svyazga (Toshkent axborot texnologiyalar universiteti. BBC tahr.) bormaysanmi", - deb kulgani aks etgan.

Voqea joyida boʻlgan nuz.uz nashrining yozishicha, abituriyent oʻz qoʻli bilan elektron qurilma yasab uni ikki kun oldin muassasa hojatxonalaridan biriga yashirib qoʻygan. Test boshlanishi bilan hojatxonaga chiqib kelishni iltimos qilgan.

Yashirib qoʻygan joyidan qurilmasini olib oʻz joyiga qaytayotganda yana bir bor tekshiruvdan oʻtkaziladi. Ana shu holat arafasida test jarayonlarini kuzatishga kelgan Bosh vazir Aripov bu yigit bilan gaplashgan.

Bosh vazir hazillashib tavsiya bergan abituriyent yigitning keyingi taqdiri nomaʼlum.

Ammo mutasaddilar har qanday shpargalka bilan qoʻlga tushgan abituriyentlar istisnosiz ravishda testdan chetlatilishini maʼlum qilishgan.

Bu yil Oʻzbekisonda oliygohlarga kirish imtihonlari har yilgidan ham qattiq nazorat va nisbatan shaffof oʻtayotgani aytilmoqda.

Eng koʻp "oʻyin" kuzatiladigan va talab katta boʻlgan Toshkent Davlat yuridik universitetiga imtihonlar "Oʻzekspomarkaz" pavillionlarida tashkil qilingan. Pavillionlarga oʻrnatilgan 75 kamera test jarayonlarini onlayn tarzda jonli kuzatib borish imkonini berishi aytilgan.

Mamlakat ichidagi tomoshabinlar uchun TAS-IX tarmogʻida hamda xorijdagilar uchun YouTube kanllarida jonli efirni koʻrib borishi maʼlum qilingan.

Biroq BBC YouTube dagi 20 kanalni Toshkent vaqti bilan soat 14:45 da tekshirib koʻrganida ular ishlamayotgan edi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq