Dunyoning ishlari: Oʻgʻirlik qilsammi, shampan ichsammi va yo miriqib uxlasammi?..

Image copyright Getty Images
Image caption Oʻgʻrilar, ehtiyot boʻling!

Avstraliya politsiyasi 36 yoshli erkakni bir ayolning uyiga tunash uchun kirganlikda ayblagan.

Avstraliya politsiyasi mushuklarga qarshimi?

Avstraliyalik bu oʻgʻrining niyatiga yetolmagani sabab xonadon sohibasining uyidagi shampan vinosi boʻlgan.

Abdulla Qahhor hikoyasi tili bilan aytsak, "oʻgʻrigina bola" shampan vinosiga ham oʻch ekan.

Shampanni ichib, kayf qilib keyin uy sohibasining toʻshagida uxlab qolgan bu shaxs Gʻarbiy Avstraliyada, Esperansada yashar ekan.

Image copyright Esperance police
Image caption "Anchayin qimmatbaho"

Politsiyaga koʻra, u xonadonga juma kuni peshinda kiradi.

"Anchayin qimmatbaho" shampanni ichgach esa uxlab qoladi.

Xonadon sohibasi uyga qaytib, ne koʻz bilan koʻrsinki, toʻshagida begona erkak dong qotib uxlab yotibdi.

BBC bilan suhbatlashgan katta serjant Richard Murga koʻra, "xonadon sohibasi asta tashqariga chiqadi va politsiyaga telefon qiladi. Politsiya yetib kelib, oʻgʻrini hibsga oladi".

"Politsiya kelganida oʻgʻri hali ham uxlab yotgan edi".

Oʻta mast holatda boʻlgani uchun bu shaxsni avval kasalxonaga olib borishadi.

Shampanxoʻr bu shaxsga nisbatan hozir rasman ayblov eʼlon qilingan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02