Tojik islomiy partiyasi terrochilar roʻyxatida

Tojikiston Islom uygʻonish partiyasi ramzi Image copyright BBC World Service

Shanxay Hamkorlik tashkilotining qarorgohi Toshkentda boʻlgan Mintaqaviy Aksilterror strukturasi muxolifatdagi Tojikiston Islom uygʻonish partiyasini terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritgan.

Shuningdek, Shanxay tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning 3000 dan ortiq fuqarosini xalqaro qidiruvga bergan.

Videoni BBC O'zbekning YouTubedagi kanalida tomosha qiling

Tojikiston Islom uygʻonish partiyasi sobiq SSSR hududidagi yagona islomiy siyosiy va Tojikiston parlamentida oʻringa ega boʻlgan partiya edi.

Tojikiston Islom Uygʻonish partiyasi "terrorchi tashkilot" deb eʼlon qilindi

Tojik rasmiylari 2015 yili sentyabridagi Tojikistondagi qonli hodisalarda Islom uygʻonish partiyasini aybladi, partiya faoliyatini taqiqlab, aʼzolarini hibsga oldi.

Islomiy partiya zoʻravonliklarga aloqadorligini rad etadi, bosimlarni Prezident Imomali Rahmonning muxoliflarini siyosiy sahnadan siqib chiqarish harakatlari deb baholaydi.

Islom Uygʻonish partiyasi rahbari Muhiddin Kabiriy va partiya faollari vatanini tark etishga majbur boʻlganlar.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq