Ислом Каримов ўз онасига тегишли экани айтилган молу мулк ва бобосидан совға Швейцариядаги уй ҳақида...
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Islom Karimov oʻz onasiga tegishli ekani aytilgan molu mulk va bobosidan sovgʻa Shveytsariyadagi uy haqida...

Marhum prezident Islom Karimovning nevarasi, hozirda Angliyada yashayotgan Islom Karimov oʻz onasi Gulnora Karimovaga Oʻzbekistonda qoʻyilayotgan barcha ayblovlarni rad etdi.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

BBC Oʻzbek xizmati bilan suhbatda Islom Oʻzbekistonda onasiga qarshi taqdim etilayotgan maʼlumotlarni soxtalashtirilgani, "SNB yertoʻlasida kaltaklar asosida olingan" iqrorlar ekanini daʼvo qildi.

Rasmiy matbuot Gulnora Karimova haqida sukut saqlamoqda

Gulnora Karimovaning advokati: "Tergovni toʻxtating"

"Gulnora Karimova 2015 yilda mahkum etilgan"

Kichik Islom Karimovning aytishicha, Gulnora Karimovada hech qachon Oʻzbekiston hukumati daʼvo qilayotgan darajada katta mablagʻ boʻlmagan.

Shveytsariyada Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytilgan 20 million dollardan ortiq narxdagi uy esa "bobosi va buvisidan sovgʻa" boʻlgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02