Oʻzbek amaldorlari matbuot erkinlashayotganidan vahimaga tushmoqdami?

Majburiy mehnatga jalb etilganlar Image copyright Qo'rqmaslar
Image caption Maqoladan keyin majburiy mehnatga jalb etilayotgan oʻqituvchilarga hokimiyat muloyimroq ohangda ish bajartirmoqda

Oʻzbekistonda matbuot prezident Islom Karimov oʻlimidan keyin ancha jonlanib qolgani koʻzga tashlanmoqda.

Ammo...

"Nima uchun oʻqituvchi koʻcha tozalashi kerak?"

"Oʻzbek ayollari fohishalikka, erkaklari esa qullikka majburlanmoqda"

HRW: Jahon Banki majburiy mehnatni moliyalayapti

Oʻzbek senatori: Birorta oʻqituvchi majburiy mehnatdan shikoyat qilmagan

Sof.uz saytining yozishicha, Fargʻona viloyati mutasaddilari oʻqituvchilarning dala ishlariga majburlanayotgani haqidagi majlis audiosini sizdirgan shaxsni qidirmoqda.

Majlisda ishtirok etganlarga Qurʼonni ushlatib qasam ichtirishga urinish hollari boʻlgan.

Nashrning oʻz manbasiga tayanib yozishicha, oʻqituvchilar va bogʻcha xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilgan Oʻzbekiston tumani xalq taʼlim mudirasi Nafisa Nishonova ishdan olingan.

Biroq bu bilan majburiy mehnat tugamaganligi aytiladi.

"Oʻqituvchilarni majburiy mehnatga jalb etishni yoʻq qilishga harakat sezilayotganligi yoʻq. Hanuz ustozlar dala ishlarida javlon urmoqda. Mutasaddilar buning oʻrniga audioni yozib olgan odamni qidirish bilan band. Gumondorlarni Qurʼon tutqazdirib ont ichkazishga ham urinishgan", - deb yozadi sof.uz.

Shunday boʻlsa-da, manbalardan biri maqola atrofidagi munosabatlardan keyin oʻqituvchiga hokimiyat muloyimroq ohangda ish bajartirayotganligini qoʻshib qoʻygan.

Image copyright "O'zbekiston" telekanali

Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuotda faqat maqtovlar emas, xalqning muammolarini olib chiqish kerakligini taʼkidlab kelmoqda. Markaziy nashrlarda chiqayotgan tanqidiy xabarlardan qanoat hosil qilmagan Prezident Oʻzbekistonda kirishga toʻsiq qoʻyilgan eltuz.com saytidan maqola oʻqib bergan edi.

Unda beshariqlik Vohid Amonov tibbiyot xodimlarining loqaydligi tufayli turmush oʻrtogʻini yoʻqotganini yozilgan edi.

"Menga buni hech kim olib kirib bergani yoʻq. Ertalab oʻzim internetdan oldim", degan edi Prezident Mirziyoyev Oliy Majlis deputatlari va siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuvda.

Prezident tomonidan matbuotni erkinlashtirish borasida jiddiy harakatlar sezilayotgan boʻlsa- da, amaldorlar tomonidan matbuotga va oʻz muammosini koʻtarib chiqqan insonlarga nisbatan bosim holatlari davom etayotgani kuzatilmoqda.

BBC Oʻzbek xizmati bogʻlangan Vohid Amonov ham Prezident Mirziyoyev oʻzining muammosiga eʼtibor qaratgani uchun minnatdor ekanligini aytdi, ammo "maʼlum sababga koʻra matbuotga gapirolmasligini" maʼlum qildi.

BBCning "sizga bosim boʻlyaptimi", degan savolini Vohid Amonov ochiq qoldirdi.

Samarqandlik jurnalist Toshpoʻlat Rahmatullayev 1 avgust kuni oliygohlarga kirish imtihonini yoritishda militsiya tomonidan toʻsqinlik duch keldi.

Image copyright FACEBOOK

Oʻzini tanishtirmagan Samarqand shahar militsiyasi podpolkovnigi jurnalist fotoapparatidagi suratlarni oʻchirishga buyruq bergan Rahmatullayevni militsiya idorasi ixtiyoriga zid ravishda yuborgan.

Oʻzbek nashrlari "Oʻzbekiston" telekanalidagi ikki koʻrsatuvda tanqidiy fikrlarni aytgan yana bir jurnalist Karimberdi Toʻramurod majburiy ravishda ariza yozib ishdan boʻshashga toʻgʻri kelgani haqida yozdilar.

Karimberdi Toʻramurod ishdan vaqtincha chetlatishidan bir kun oldin "Bekajon" gazetasi Bosh muharrirligiga tayinlangan.

Ammo koʻp oʻtmay oʻtkazilgan majlisda uning "Munosabat" va "Ochiq studiya" koʻrsatuvlarida aytgan tanqidiy fikrlari asosiy muhokama mavzusi boʻlgan.

Karimberdi Toʻramurod koʻrsatuvda markaziy nashrlarga majburiy obuna masalasini koʻtargandi.

"Ochiq studiya" koʻrsatuvida esa tanqidiy maqolalar uchun nashriyotga bosimlar boʻlib turishini gapirgandi.

Jurnalist Toshpoʻlat Rahmatullayev quyi bosqichdagi amaldorlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari jurnalistlar bilan ishlashni istamayotganini, ularning ayrimlari aynan jurnalistlarga nisbatan hurmatsizligi va qonunni buzayotgani uchun qonunan ochiq jazolanishi kerakligini aytadi.

"Oldin YeHXT tashkiloti tomonidan huquq-tartibot idoralari xodimlariga jurnalistlar bilan ishlash borasida taʼlimiy treyninglar oʻtkazilib turardi. Mana shu ishni ham qayta yoʻlga qoʻyish kerak", deydi taniqli jurnalist.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq