Arkadagʻ yana bir mahoratini namoyish etdi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Image copyright chrono-tm.org
Image caption Yaqindagina Prezident Berdimuhamedov yodimda deb kuylagandi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov oʻzining mohir mergan, kuchli qoʻmondon ekanini namoyish etgan.

Videoni BBC O'zbekning YouTubedagi kanalida tomosha qiling

Bundan oldin koʻpchilik yaqinda oʻzining 60 yoshlik yubileyini nishonlagan janob Berdimuhamedovni pedagog, stomatolog, meditsina fanlari doktori, iqtisodiy fanlar doktori, Turkmaniston Fanlar akademiyasining akademigi, mohir chavandoz, avtomobil poygachisi, yozuvchi, shoir, qoʻshiqchi, bastakor, dorivor giyohlar bilimdoni sifatida bilar edi.

Berdimuhamedov yodimda deb kuyladi

Ashxoboddagi avtopoyga Prezident Berdimuhamedov gʻalabasi bilan tugadi

Turkmaniston prezidenti dorivor giyohlarni oʻrganmoqda

Gurbanguli Berdimuhamedov klassik kurash va miltiqdan otish boʻyicha Turkmaniston chempioni ham boʻlgan.

Image caption Janob Berdimuhamedovning merganlik va harbiy mahorati koʻpchilikka notanish edi

U karate boʻyicha 10-dan, taekvando boʻyicha qora belbogʻ sohibi hamdir.

Turkmanistonning "Altyn asyr" telekanalida koʻrsatilgan koʻrsatuvda Gurbanguli Berdimuhamedov oʻzining koʻpchilikka notanish jangovar qobiliyatini namoyish etgan.

Videoni Turkman muxolifatining "Xronika Turkmenistana" web-sayti tarqatgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq