Olimlar nasldan naslga oʻtuvchi kasalliklarni davolash yoʻlini topishdimi?

DNK Image copyright OHSU
Image caption DNK

Olimlar inson genidagi turfa qusurlarni bartaraf etish yoʻlini topishgan. Ammo bu ahloq, din va qadriyatlarga qanchalar zid boʻlishi mumkin? Yaxshi tomoni shuki, ayni tadqiqotlar natijasida endi nasldan naslga oʻtadigan kasalliklar, masalan, koʻkrak saratonini embrion genidan ayrib olish mumkin boʻladi...

Irsiyatga aralashish qiyomatga yetaklovchi yoʻlmi?

Videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling

Image copyright Screenshot
Image caption DNK

Alal oqibatda esa bu nasldan naslga oʻtadigan 10 000 qusurlarni bartaraf etish imkoniyatini yaratishi mumkin.

Amerika va Janubiy Koreya olimlari embriondagi yurak kasalliklaridan birini tashib yuradigan genni olib tashlashga muvaffaq boʻlishgan.

Asli qozogʻistonlik boʻlgan, uygʻur millatiga mansub, ammo hozirda AQShda yashaydigan doktor Shuxrat Mitalipovning aytishicha, "bu usulni qoʻllash bilan biz nasldan naslga koʻchib yuradigan kasallikni yoʻq qilamiz, avvaliga bir oila va kelajakda insoniyat bu kabi betobliklardan qutulishi mumkin".

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq