Neymarning puliga nima sotib olish mumkin?

Neymar Image copyright Getty Images

Braziyalik futbolchi Neymar Ispaniyaning "Barselona" klubini tark etib Frantsiyaning "Pari Sen-Jermen" jamoasiga oʻtmoqchi.

Ammo bu kelishuvning narxi rekord darajada yuqori - 222 million Yevroni tashkil etishi haqida xabarlar tarqalgan.

Demak, shu kecha-kunduzdagi narxlarda bir Neymarning bahosi 262 million AQSh dollariga baholanmoqda.

Bu pulga

1 yoki 3 samolyot sotib olish mumkin

Image copyright Getty Images

Yangi Boeing 737-700 yoʻlovchi samolyoti 82 million 400 ming dollarga baholanmoqda.

Yoki Neymarni bir shaxsiy uchoqqa aylantirish mumkin.

Shaxsiy jet narxi 100 million dollarni tashkil etadi, qolgan mablagʻni samolyotni saqlash xarajatlariga sarflash mumkin.

Barselonaning ustini qoplash mumkin boʻlgan spagetti

BBC Sport ijodiy xodimlari Neymar bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini mushtariylar bilan muhokama etishga kirishdilar.

Shu maqsadda #NeymarMaths heshtegi taklif etildi.

Mana ingliz tilidagi oʻquvchilar qanday fikrlarni qoldirdilar:

"Insonni klon qilishning bahosi 1 million 290 ming funt sterlingni tashkil etadi. Shu pulga 153 ta Neymarni klonlashtirish mumkin boʻlgan paytda bir Neymarga £198,000,000 funtni sarflash nimaga kerak? (Thomas from York)

Bir Neymarning puliga butun boshli Barselona shahrini spagetti bilan qoplash mumkin (Adam Wright)

Yoki 792,000,000 Freddo shokoladi (Davo Long)

Bir yoki 10 ta bombardimonchi samolyot

Image copyright Getty Images

Bugun bozorda har xil qiruvchi uchoqlar bor. Sizga qaysi biri maʼqul?

Shu kecha-kunduzda AQSh Harbiy-Havo qoʻshinlari tarkibida boʻlgan F-35 Lightning samolyoti 94 millionga baholanmoqda.

Hozirga kelib F-22 Raptorni ishlab chiqarish toʻxtatilgan, oʻsha paytda narxi $150 million edi.

Agar byudjeti haqida qaygʻurayotganlar boʻlsa Rossiyaning SU-24 samolyotidan 10 tasini sotib olish mumkin.

Oltita mamlakatning YaIM

Bir Neymarning narxi dunyodagi kichik olti mamlakatning Yalpi Ichki mahsulotiga teng boʻlishi mumkin.

Misol uchun, bu Tuvalu, Monserat, Kiribati, Marshall orollari, Nauru va Palau.

Bu mamlakatlarning yillik YaIMi BMTning 2015 yilgi maʼlumotlariga tayanilsa 33 million dollar atrofida boʻlgan.

Davlat qarzi

Image copyright Getty Images

Bir Neymarning puli bilan butun boshli kichik mamlakatlarning davlat qarzlarini uzib yuborish mumkin.

Agar Neymar saxovatpesha odam boʻlganida Tonganing 28,3 million, Vanuatuning 82 million, hatto Gaitining 234 million dollardik qarzidan qutulishiga yordam berishi mumkin edi.

Yana bir hisob-kitob: agar siz har kuni 1000 dollar pul topsangiz, Neymarning bahosiga teng pulni 718 yilda jamgʻarasiz.

Agar istagingiz boʻlsa, jamgʻarishni boshlang!

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02