Tramp: AQSh-Rossiya munosabatlari "xatarnok darajada yomon"

Tramp xafa Image copyright Getty Images
Image caption Tramp xafa

Amerika prezidenti Donald Trampga koʻra, AQShning Rossiya bilan munosabatlari "xatarnok darajada yomon".

Kongressning Moskvaga qarshi yangi jazo choralarini Tramp "nuqsonli" deb bilishini aytgan, ammo maʼqullashga majbur boʻlgan edi.

Rossiyaga koʻra, ayni jazo choralari "toʻlaqonli savdo urushi" eʼlon qilishga barobar amaldir.

Tramp Rossiya bilan ishlashni istaydi

Tramp Rossiyaga: "Ukrainani beqarorlashtirishni toʻxtating!"

Yangi qonun Rossiyani 2016 yilgi AQSh saylovlariga aralashish gumoni bilan jazolashni nazarda tutadi.

Tramp bu qonunga qarshi chiqqan, ammo unda Shimoliy Koreya va Eronga nisbatan ham jazo choralari mavjudligi uning uchun mushkullik tugʻdiradi.

Image copyright AFP Getty
Image caption Ikki prezident

Yaʼni, Kongress roziligisiz Tramp jazo choralarini yengillashtirolmaydi.

Bugun Tramp yana bir bor Kongressning aynan shu jazo choralariga qarshi ekanini urgʻuladi.

U Rossiya bilan munosabatlar "har qachongidan ham koʻra xatarli ravishda yomonligini" yozdi.

Twitterda Tramp buning uchun Kongressga "rahmat aytish" kerakligini kinoya qildi.

Ammo respublikachi senator Tom Kotton MSNBC bilan suhbatda Rossiya - AQSh munosabatlari yomonligi uchun prezident Putinni aybladi.

Rossiya AQSh jazo choralariga gʻazabnok munosabat bildirar ekan, Bosh vazir Dmitriy Medvedev "yangi AQSh maʼmuriyati bilan aloqalar yaxshilanishiga umidlar soʻndi", deb aytgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq