Prezident Mirziyoyev: "Men oʻzim testga qarshiman"

Oʻzbek ziyolilari Image copyright BBC/screenshot
Image caption Oʻzbek ziyolilari

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektorni 3 avgust sanasida "ijodkor ziyolilar vakillari" bilan oʻtkazgani xabar qilindi.

Prezident yosh ijodkorlarning oliygohga oʻqishga kirish muammolari haqida gapira turib, Oʻzbekistonda amaliyotda boʻlgan test imtihonlarini tanqid qilgan.

Shavkat Mirziyoyevning videoselektordagi soʻzlaridan kun.uz sayti iqtibos keltirgan.

Bosh vazir abituriyentga: "Yuridicheskiyda nima qilasan, svyazga bor"

"Men oʻzim testga qarshiman. Test boʻlsa ham, kompьyuterda topshiradi. Oʻsha kuni bahosini olib ketadi. Natijani kutib yuradimi?", degan Mirziyoyev.

Bundan tashqari, prezident kelasi yildan sanʼat va ijod bilan bogʻliq oliygohlarga kirish imtihonlarida testlar boʻlmasligini eʼlon qilgan.

Mirziyoyevga koʻra, bunday oliygohlarga oʻqishga kirishda test topshirishni talab qilish - "xiyonat".

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Davlat Test markazi imtihon natijalari 17-avgust kuni eʼlon etilishini xabar qildi.

"Men oʻzim testga qarshiman. Test boʻlsa ham, kompyuterda topshiradi. Oʻsha kuni bahosini olib ketadi. Natijani kutib yuradimi?", degan Mirziyoyev.

Bundan tashqari, prezident kelasi yildan sanʼat va ijod bilan bogʻliq oliygohlarga kirish imtihonlarida testlar boʻlmasligini eʼlon qilgan.

Mirziyoyevga koʻra, bunday oliygohlarga oʻqishga kirishda test topshirishni talab qilish - "xiyonat".

"Konservatoriya, Madaniyat instituti va Dizayn institutida kirish imtihonlarida test topshirish - xiyonat. Ular qoʻshiq aytishni bilsa, chizishni bilsa, talanti boʻlsa, iqtidori boʻlsa, test topshirishlariga yoʻl qoʻymaslik kerak", deb aytgan Prezident.

Aytilishicha, bundan koʻzlangan maqsad - "haqiqiy iqtidorlilar qolib, ona tili yoki matematikadan test savollarini yechib, oʻqishga kirish holatlarining oldini olishdir".

Prezident oʻz soʻzida bu yilgi test imtihonlari "qattiq boʻlgani"ga urgʻu bergan. Maʼlumot oʻrnida, Davlat test markazi bu yil salkam 730 ming abituriyentdan kamida 11 mingi testga kelmagani, 2764 nafari esa qoidabuzarligi uchun chetlatilgani haqida hisobot berdi.

"Onlayn test?! Xavfsizligiga kim javob beradi?"

Image copyright BBCuzbek/screenshot
Image caption Prezident

Ijtimoiy tarmoqlarda aksariyat foydalanuvchilar test sinovlarining onlayn oʻtkazilishini olqishlagan, shu bahonai sabab bilan prezident Mirziyoyevga hamdu sano aytganlar koʻplab topiladi.

"Haqiqatan shu ishlar amalga oshsa, Oʻzbekistonning taʼlimi yuksaladi, haqiqiy kadrlar yetishib chiqadi, inshaalloh", deydi Sadoqat.

Rustam yozadi: "Umuman test sinovlarini bekor qilish kerak. Nimaga kerak bu sinovlar? Oʻzini oqlamadi-ku! Bu testlardan oʻtgan abituriyent vunderkind yo professor darajasidagi bilimga ega boʻlishi kerak. Lekin oliygohlarga kirayotgan bolalar shunaqamikin? Elementar karra jadvalni bilmaydigan talabalar ham topiladi...".

"Javoblarning oʻsha zahotiyoq chiqqani juda yaxshi. Xuddi GAI imtihonlaridek. Zoʻr boʻladi!", deb quvongan Elbek.

Baʼzi foydalanuvchilar bunday imtihonlar katta texnik resurslar talab qilishiga, xavfsizlikni taʼminlash masalasiga eʼtiborni qaratgan.

"Kompyuterlar yetmaydi-ku?", deydi Jahongir. "Onlayn yaxshi, lekin ichidagi savollarning 100 foiz toʻgʻri ekaniga kim kafolat beradi?", deb savol qoʻygan Polat.

Elyorbek yana bir jihatga urgʻu bergan: "Login/parol (agar onlayn boʻlsa, har bir abituriyent uchun maxsus kod boʻlsa kerak) ommalashib ketmasligiga kim kafolat bera oladi?".

"Mehnat migratsiyasi agentligi Koreyaga ketuvchilar uchun oʻtkazgan test imtihonlaridek boʻlmasa goʻrgaydi", deb yaqin oʻtmishda katta shov-shuvga boʻlib, Migratsiya agentligi rahbari isteʼfosi bilan tugagan voqeani eslagan Mansur.

Kuzatuvchilar ham texnik muammolar Mirziyoyev vaʼda qilgan yechimning roʻyobga chiqarilishiga xalal berishi mumkin, deb hisoblaydi.

"Hukumatning Migratsiya agentligi degan tashkiloti 100 ming atrofidagi talabgorning bir vaqtda test topshirishini taʼminlay olmay, sharmanda boʻldi. Bu yil 730 ming abituriyent oʻqishga hujjat topshirdi, kelasi yil bundan ham koʻp boʻladi. 700 mingdan koʻproq abituriyentning testlarini 17 avgustgacha tekshirib chiqadigan va oxirgi besh-oʻn yilda bundan tuzukroq yechim oʻylab topolmagan Davlat test markazi atigi bir yilda test imtihonlari uchun qariyb 800 ming kompyuter, bir vaqtning oʻzida yuz minglab odam murojaat qiladigan juda kuchli serverlar va juda kuchli aloqa kanallarini tayyorlay olishiga ishonib boʻlmaydi", deydi toshkentlik ismini oshkor etishni istamagan yosh dasturchi.

Imtihonlarning bir kunda emas, balki bir necha kun davom etishi muammoni qisman hal qilishi mumkin, deb hisoblaydi tahlilchilar. Test savollari va javoblari saqlanayotgan maʼlumot omborlarini turli kiberhujumlar, xakerlardan mudofaa qilish xarajatlari ham juda katta boʻlishi aniq.

Ijodiy imtihonlar haqqoniy boʻladimi?

Ijodkorlik ustuvor taʼlim yoʻnalishlaridan test imtihonlarining chiqarib tashlanishini maʼqullaganlar koʻp, biroq bu imtihonlar oʻyinga aylanib ketishidan xavotir bildirganlar ham yetarlicha.

"Artist boʻlaman deganlar maktabga bormasa ham boʻlarkan-da endi", deb kinoya qilgan Nargiza. "Hammasi oʻyin, tanish-bilish, pul boʻlib ketadi", mazmunidagi oʻxshash fikrlarni koʻplab uchratish mumkin.

"Masalan, ona tilini bilmagan, lekin aktyorlik mahorati (tabiiy talanti) borlar ijodiy imtihon bilan qabul qilinsa, unda savodsizlar koʻpayib ketmaydimi?", deb savol qoʻygan Don Mann.

Rahimjon unga: "Hozirgi "talantlilar" hammasi ona tilidan yaxshi deb oʻylaysizmi? Bir Instagram ga qarab chiqishni maslahat bergan boʻlardim", deb, oʻzbek shou-biznesi vakillarining oʻzbekchada xato bilan yozadigan vakillarini yodga olgan.

Bu yilgi imtihon kampaniyasi davomida oʻzbek saytlarida bir qator oliygohlarning ijodiy imtihonlari haqida tanqidli maqolalar eʼlon qilingan edi. Oʻsha chiqishlar vaqtida koʻp internet foydalanuvchilari ijodiy imtihonlar haddan tashqari korruptsiyalashgani va ularga ishonch yoʻqligini taʼkidlagan.

"Ijodiy imtihonlar pul boʻlib ketmasligi uchun, shunga qarshi choralar ishlab chiqilsa ham zoʻr boʻlardi", deb umid bildirgan Shohruh.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq