Dubayda yongʻin: "Mashʼala" yana yondi

Dubay Image copyright AFP

"Mashʼala" dunyodagi eng baland turar-joy binolaridan biri sanaladi.

Yongʻin 79 qavatli minoraning 50-qavatidan boshlangan.

Yongʻin sababi hozircha maʼlum emas.

Videolavhamizda tomosha qiling.

U bir necha qavat yuqorilagan, qurbonlar, talafotlarga sabab boʻlmagan.

Bu oʻtgan ikki yil ichida "Mashʼala"da kuzatilayotgan ikkinchi yongʻindir.

Xabarlarga koʻra, turar-joy binosidagi barcha xavfsiz yerga koʻchirilgan.

Yongʻinni oʻchirish uchun oʻndan ortiq oʻt uchirish mashinasi safarbar etilgan.

Yashovchilarning qachon yana oʻz xonadonlariga qaytishlari maʼlum emas.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02