O‘zbekiston: “Hamma narsa pul, tanish-bilishga bog‘liq"mi?

Феруза Раҳмон Image copyright video

Oliy o'quv yurtlariga 1 avgust kuni bo'lib o'tgan kirish imtihonlari abituriyentlarning yana qarama-qarshi baholari, rozi-norozi munosabatlariga sabab bo'lgan.

Ayni shu mavzuga bag'ishlangan bu haftalik jonli muloqotimiz YouTube da.

"Odnoklassniki"dagi sahifamizda to'g'ridan-to'g'ri uyushtirilgan jonli muloqotga esa, bu link orqali kiring.

Prezident Mirziyoyev: 'Men o'zim testga qarshiman'

Video - Test natijalari 16 kunlik ishmi?

Agar, imtihonlarini topshirib bo'lgan bo'lajak talabalarning turli ijtimoiy-muloqot tarmoqlarida qoldirgan fikrlariga tayanilsa, bu yil ham shpargalka, qo'l telefoni, domla va nazoratchi xodimlar misolida chetdan bevosita aralashuv hollari kuzatilgan.

Ularning nazdlarida, bu yilgi kirish imtihonlari arafasida yo'lga qo'yilgan kuchli tekshiruv choralari ham kutilgan darajada natija bermagan.

O'zbekiston Oliy o'quv yurtlariga kirish jarayonidagi poraxo'rlik va tanish-bilishchilik hollari, yillarki, ham kuzatuvchilar, ham ota-onalar va ham bo'lajak talabalarning jiddiy tanqidlariga sabab bo'lib keladi.

Mas'ul mulozimlar, mutasaddilarning ishdan olinishlari ham, aftidan, bu kabi holatning oldini ololmayotgan ko'rinadi.

Agar, birgina rasmiy ma'lumotlarga tayanilsa, bu yil talabalikka da'vogar yoshlardan 2 ming 764 nafari test sinovi topshirish tartibini buzganligi sababli jarayondan chetlashtirilgan. Ya'ni, o'tgan yilgi raqamlar bilan taqqoslanganda, bu kabi yoshlarning soni uch marotabadan ortiqroqqa oshgan.

Joriy yilda Oliy o'quv yurtlariga 729 ming 950 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

Bu - o'tgan yilgi raqamlar bilan qiyoslanganda, qariyb 67 mingtaga ko'p.

O'rtacha tanlov esa, bir o'ringa - 11 kishiga to'g'ri kelgan.

Ya'ni, o'qishga qabul qilish bo'yicha umumiy kvota bakalavrlar uchun bu yil 66 ming 316 tani tashkil qilgan.

Aynan raqobatning yuqoriligi va kirish imtihonlarining nomukammalligi - tizimda korrupsiya hollariga yo'l ochayotgan asosiy omillardan biri ekani aytiladi.

Shunday ekan, O'zbekistondagi Oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlarining shaffofligini qanday qilib ta'minlash mumkin? Tizimdagi poraxo'rlik holatlarini yo'qotishning qanday yo'llari bor? - bu haftalik jonli muloqotimiz xuddi ana shu savollar atrofida. Tomosha qiling.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02