Oʻzbekistonning sarxil mevalari Dubayda

mevalar Image copyright @mamurjon

Twitter ijtimoiy tarmogʻida tarqalgan suratlarda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida sotilayotgan Oʻzbekiston mevalarini koʻrish mumkin. Oldinroq mamlakatdagi meva-sabzavotlar UzAgro tovar brendi ostida xorijga eksport qilinishi aytilgan edi.

Oʻzbekistondan eksport qilingan olma, shaftoli, olxoʻri va boshqa mevalar Union Coop onlayn supermarketining Al Barsha savdo-koʻngilochar majmuasidagi doʻkonida sotilayotgani aytilgan.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Oʻzbekistonda meva-sabzavot eksporti monopoliyasi tugadi.

Oldinroq mamlakatdagi meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari yagona UzAgro tovar brendi ostida xorijga chiqarilishi aytilgan edi.

Image copyright @mamurjon

Meva-sabzavot mahsulotlarining Moʻgʻuliston va Vetnamga ham yetkazib berilishi maʼlum qilingan edi.

Oʻzbekiston yangi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hukumatga kelgandan buyon meva va oziq ovqatlar eksportini koʻpaytirishga harakat qilayotganini koʻrish mumkin.

Tadbirkorlarga kengroq imkoniyatlar yaratish maqsadida eksport huquqi monopoliyadan chiqarildi. Tadbirkorlarning koʻrgan daromaddan 25 foiz valyutani davlatga mayujburiy sotish talablari bekor qilindi.

Natijada Oʻzbekistonda shu kunlarda qora bozorda dollar narxi tushayotgani aytilmoqda.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq