Mevalarning Dubayga eksporti ichki bozorda narx-navoni koʻtaradimi?

mevalar Image copyright @mamurjon

Oʻzbekiston sarxil mevalarining Birlashgan Arab Amirligi shahri Dubayga eksporti qilinayotgani haqidagi xabar bahsu munozarlarga sabab boʻlgan. Fikr bildiruvchilar bir toifasi ushbu amal mamlakat ichida narx-navoning oshib ketishiga olib kelishini aytgan.

Ikkinchi tomon eksport dehqonlarning ham yaxshi yashashiga asos boʻlishini bildirib uni olqishlagan.

"Shuning uchun ham oʻzimizda mevalarni narxi osmonda ekanda, toʻrt tomonga tarqatmokdan. Xalk oylab goʻsht yeyolmaydi, uzimizdan chikadigan mevalarni bolalari toʻyib yeyolmaydi. Bizning xalk qashshoq, nochor", - deb yozadi Ali Jafariy.

"Paxtadan voz kechish Mirziyoyev iqtisodi negizi boʻlishi kerak"

Oʻzbekiston paxtadan voz kechsa 100 milliard dollar daromad koʻradi

Ham ichki bozorda arzonchilik boʻlsin, ham dehqon va bogʻbon boyisin

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Oʻzbekistonda meva-sabzavot eksporti monopoliyasi tugadi.

Kamola Nazarova "Butun sara mevalar eksport qilinib, oʻzimizning xalk, mevaga tuymaydi Oʻzbekistonda yashab turib", deb yozdi.

Facebookning yana bir foydalanuvchisi aholidan ortgan mahsulotlarni eksport qilish maqsadga muvofiq ekanligini aytdi.

"Eksport qilingani yaxshi ammo aholidan ortganini yuborishsin chet davlatlariga oziq-ovqatlani narxi shu sababdan oshib ketvotti oddiy axoliga qiyin boʻlmasin", deb yozadi Dilnozaxon Kodirova.

"Oʻzimizda yanayam qimmatlasharkan-de!. Six ham, kabob ham qoʻymasin. Omadini bersin. Bozorimizda mevalarni arzon qilishsin", - deb yozdi Mirza Mirakulov.

Yana bir izoh qoldiruvchi ichki bozorlarda narxlarning qimmat boʻlishi davlat tomonidan nazoratning yoʻqligi ekanini aytadi.

"Ichki bozorlarimizning qimmat boʻlishiga oʻzimiz sababchi, chunki davlat tomonidan nazorat yoʻq. Oddiy qilib aytganda - "bardak", - deydi Khakim Babaev.

Image copyright @mamurjon

Eksport qilsin, dehqon boyisin

Biroq boshqa fikr bildiruvchilar mevalarning Dubay va boshqa mamlakatlarga eksport qilinayotganini ijobiy baholagan. Ularga koʻra dehqon boy boʻlsa, boshqalar ham kam boʻlmaydi.

"Hadeb noliyvermanglar. Dehkon, bogʻbon, fermerlarniyam koʻksiga shamol tegsinda! Shular boy boʻlsa hech qachon yurt och qolmaydi", - deydi Bahrom Murodaliyev.

Erkin Sarvarov "Va nihoyat dehqonlarimiz koʻkragiga shamol tegadigan boʻlibdi, agar bu mevalarga Dubayda talab boʻlsa. Shunday davom ettirishimiz kerak. Ajab emas yaqin oylarda Dubay va boshka mamlakatlarda Oʻzbekistonning yengil, tekstil, charm-poyafzal, elektrotexnika, mashinasozlik va boshka mahsulotlari ham sotila boshlansa", - deb yozadi.

Akrom Odilov dehqonlarning mehnati ogʻir ekanligini va vaqtida umuman foyda qilolmay qolishlarini aytadi.

"Qaddini ursin dehqon qachongacha foydasiz sotish mumkin. Bular ham foyda qilsin, bechoralar qancha mehnat qiladi issiqda qorayib. Bu yerda oʻtirvolib tanqid qilasizlar. Payti kelganda qancha mevalar chegaradan oʻtolmasdan chirib ketgan endi foyda qilsa qilibdi", - deydi u.

Izoh qoldiruvchilardan biri Oʻzbekistonning mevalari Moskvada ham talabgir ekanligini aytdi.

Ilka Ilkayev Oʻzbekiston mevalari Rossiyada ham talabgir ekanligin aytadi. "Moskvada ham bor, lekin rasmga tushirishga ulgurmaysiz, talab ketishadi, ayniqsa uzumni", deydi u.

"Eksport qilish uchun qoʻshimcha bogʻlar ochilsa unda xalkning ham dehkonning ham yelkasiga shamol tegadi", - deb yozadi Zamira Husainova.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq