Ayollarga taqlid qiluvchi erkak sanʼatkorlarga talab bormi?

Roʻstamxoʻja Usmonov Image copyright Instagram/rustamxojausmonov_official
Image caption Roʻstamxoʻja Usmonov

Oʻzbekistonda Rustamxoʻja Usmonov va Bobur Roʻziqulov kabi parodistlar toʻyu hashamlarga taklif qilinadilar. Ularning gʻayrioddiy sanʼatini baʼzilar milliy qadriyatlarga zid deya qoralasa-da, muxlislari soni tobora oshib bormoqda.

Oy boshida mashhur qoʻshiqchi Mavluda Asalxoʻjayeva oʻziga taqlid qiluvchi Bobur Roʻziqulovni tanqid qilib chiqdi.

"Bu kim? Buni qayeri menga oʻxshaydi? Erkak kishiga ayollarning libosini kiyib, pardoz qilib yurish toʻgʻri keladimi? Bu yigit toʻylarda mening qoʻshiqlarimga ogʻiz qimirlatib, oʻzicha Mavluda Asalxoʻjayevaning shogirdiman, deb yurganidan keyin ustidan arz qildim", - degan iqtibosni keltirdi Darakchi xonandadan.

Rustamxoʻja Usmonov esa oʻz kumiri Yulduz Usmonovaning bunday gʻazabiga uchramagan. Aksincha, primadonna oʻz taqlidchisini qoʻllab-quvvatlaydi.

Videolavhamiz aynan shu sanʼatkor haqida. Uni tomosha qilish uchun mana bu yerga bosing.

Image copyright Instagram/rustamxojausmonov_official
Image caption Roʻstamxoʻja Usmonov oʻzbek shou biznesida yaxshi tanilgan
  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq