Rossiya: milliarder Roman Abramovich yana ajrashmoqda

Roman Abramovich Image copyright Getty Images

Rossiyalik neft korchalonining qizi Darya Jukova uning ikkinchi xotini boʻladi.

Juftlik ajrashishlari toʻgʻrisida qoʻshma bayonot bilan chiqishgan.

Ammo BBCga imkonli boʻlgan ana shu bayonotlarida buning sababiga toʻxtalishmagan.

"10 yillik turmushlari ortidan, bu kabi qarorga kelishlari oson boʻlmagani"ni aytishgan.

"Ammo yaqin doʻst, ikki bolaning ota-onasi va biznes-sherik boʻlib qolishlari"ni bildirishgan.

Ikkovlon rasmiy nikohda boʻlishganmi-yoʻqligi hanuz maʼlum emas.

2015 yilda Britaniyaning "Times" nashri ularning "yashirin toʻy"lar haqida yozgan.

Ikkovlonning toʻylari bundan "olti yil avval" boʻlib oʻtganini daʼvo qilgandi.

"Wall Street Journal"ning yozishicha, Abramovich Jukova bilan 2005 yilda tanishgan.

Oʻsha paytda Roman Abramovich Irina Malandinaga uylangan boʻlgan.

16 yillik turmushlari ortidan, ikkovlonning besh nafar farzandlari boʻlgan.

"Chelsi" klubi sohibi oʻzining birinchi xotini bilan 2007 yilda ajrashgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02