Bayram arafasida Toshkent yana "yopiladimi"?

Toshkentda aksilterror amaliyoti Image copyright Guvd.uz

Poytaxtda aksilterror "tozalash" tadbirlari boshlangani haqidagi xabar oldingi yillardagi Toshkentning butun respublika viloyati yashovchilari uchun deyarli "mutlaq yopilgani"ni yillarini eslatdi.

Oʻtgan yillari avgust oyidan huquq-tartibot organlari xodimlari uchun "usileniye" deb atalgan rejim boshlanar, baʼzi idoralarning xodimlari deyarli ikki oy uyiga ham borisholmas, kechasiyu kunduzi ish joyida boʻlishga majbur etilar edilar.

Viloyatlarda istiqomat qiladigan insonlar davolanish yoki zarur ishi boʻlsa ham Toshkent shahriga kirolmay qolishar, oddiy odamlarda bu qiyinchiliklar tufayli yuzaga keladigan noroziliklar tepadan kelgan buyruqni bajarayotganlarning parvoyiga ham kelmas edi.

Ayniqsa, avgust oyining oxirgi haftasida Toshkent va toshkentliklar goʻyo shaharga tish-tirnogʻigacha qurollangan terrorchilar kirganu, biror kor-hol yuz berishini kutayotganlardek his qilishardi.

Image copyright Guvd.uz

Ammo bu yil oddiy odamlar davlatning devoridan oshib boʻlmas qoʻrgʻon emas, xalqning xizmatini qilishi lozim boʻlgan institut boʻlishi mumkinligini koʻrmoqdalar, davlat oddiy odamlarning tashvish-muammolariga quloq tutishni ham boshladi.

Bekorga viloyatlarda yashaydigan oʻzbekistonliklar Rossiyaga yoki Toshkentga mardikorlikka ketishga majbur boʻlmayotganlari, koʻproq ish joylari barpo etish lozimligi ochiq-oydin gapirilmoqda.

Toshkentdagi propiska tartibi tanqidlarga tutilmoqda, ayrim kasb egalariga Toshkentda propiskani osonlashtirishga qaror qilindi.

Xoʻsh, Toshkent shahar militsiyasining bu yilgi aksilterror operatsiyasi oldingi yillardagi amaliyotlardan farq qiladimi?

Biz bu savolni norasmiy Oʻzbekiston Inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Surʼat Ikromovga berdik.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq