"Ҳамма боласини...эмизсин" ва ё она сутининг фойдалари ҳақида кампания
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - "Hamma bolasini...emizsin" va yo ona sutining foydalari haqida kampaniya

"Hamma bolasini emizsin" degan shiorga yaqinroq kampaniyaga xush kelibsiz!

Filippin poytaxti Manilada 2000 ayol xuddi shu maqsadda yigʻilishdi.

Hamma bir paytning oʻzida chaqalogʻini emiza boshladi.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Ular Janubi-sharqiy Osiyoda bolalarni emizish foydasiga doir kampaniyaga qoʻshilishgan.

"Aksariyat goʻdaklarini sunʼiy ovqatlantirishni maʼqul koʻrar ekan va shu aksariyat tabiiy ovqatlantirish bolalar uchun qanchalar foydali ekanini bilmaydi, chunki sunʼiy sut va bolalar ovqatlari rosa reklama qilinadi".

Ona suti turfa tabiiy ozuqalarga boy va bolalarni turfa kasalliklardan himoya qiladi.

Shifokorlar ham bolalarni faqat tabiiy ovqatlantirish kerakligini urgʻulashadi, hech boʻlmasa ular olti oyga toʻlganiga qadar.

2013 yilgi tadqiqotga koʻra, faqat 38 foiz onalar oʻz bolalarini tabiiy oziqlantirar ekan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.