Sumkangiz ichida nima bor? Qoʻllar

Sumka ichidagi qoʻl Image copyright PEAR VIDEO

Xitoydagi avtovokzal xodimlari rentgen tekshiruvida sumka ichida ikkita qoʻlni koʻrib hayron qoldilar.

Pear Video web-sayti xabar qilishicha, hodisa Guijou viloyatining Duyun shahri avtobus stantsiyasida boʻlgan.

50 yashar inson Jeng deb aytilayapti.

31-iyul kuni avtovokzalning xavfsizlik tekshiruvidan oʻtish joyida ekranda sumka ichida inson qoʻli borligi koʻringan.

"Men undan sumka ichida nomi bor, deb soʻradim. U, qoʻl, deb aytdi", deydi avtostantsiya xavfsizlik xodimi.

South China Morning Post roʻznomasi xabar qilishicha, erkak shu zahoti hibsga olingan.

Uni biror bir qotillikka aloqadorligi bor deya gumon qilishgan.

Savol-javob payti Jeng bu qoʻllar akasiga tegishli ekanini aytgan.

Image copyright PEAR VIDEO

Uning soʻzlariga koʻra, yaqinda elektr toki urishi oqibatida akasining ikki qoʻlini amputatsiya qilishga toʻgʻri kelgan.

Akasi ukasidan shifoxonaga borib, kesib tashlangan ikki qoʻlini olib kelishni iltimos qilgan.

Suhbatdan soʻng politsiya shifoxonaga qoʻngʻiroq qilgan va shu gapning rost-yolgʻonligini tekshirgan.

Shifokorlar tasdiqlaganidan keyin Jeng uyiga qoʻyib yuborilgan.

Xitoyda inson jasadi koʻmilganda uning ruhi tinch boʻlishi uchun barcha tana aʼzolari bilan koʻmilishi lozim deb ishonadilar.

Shuning uchun Jengning akasi singari kesilgan qoʻllarini vafot etganida birga qoʻshib koʻmishlari uchun insonlar saqlab qoʻyadilar.

Ushbu hodisa haqidagi xabar Xitoydagi Internetda mashhur boʻlib ketdi, buning ortidan koʻplab foydalanuvchilar, nega shifoxona xodimlari inson tanasi qismini koʻchada olib yurishga ruxsat berganlar, deya oʻz hayratlarini izhor etishgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02