Toshkentda Polsha goʻshti sotilmoqda

Toshkentda goʻsht savdosi Image copyright FACEBOOK

Toshkent shahridagi 12 dehqon bozorida va "Korzinka" supermarketi doʻkonlarida kilosi 21000 soʻmdan Polshadan keltirilgan muzlatilgan goʻsht savdoga chiqarildi, deya xabar tarqatgan Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatga olingan UzNews.uz web-sayti.

Xabar qilinishicha, "aholini hamyonbop, arzon va sifatli goʻsht bilan taʼminlash maqsadida Polshadan katta miqdorda muzlatilgan goʻsht olib kelindi".

Muzlatilgan mol goʻshti Toshkent shahrining barcha bozorlaridagi "Elga xizmat" doʻkonlariga, "Korzinka" supermarketining "Aviator", TTZ, Chilonzor, Yunusobod va boshqa filiallariga 1,5 va 2,5 kilodan qadoqlab sotish uchun tarqatilgan.

Muzlatilgan goʻsht hukumat tomonidan belgilangan imtiyozli arzonlashtirilgan narxda 21000 soʻmdan sotilmoqda, deb xabar qiladi UzNews.uz.

Shu kecha-kunduzda Toshkent shahrida mol goʻshti suyagi bilan 32000-35000 soʻmdan, laxm goʻshtning bir kilosi 40000-45000 soʻmdan sotilmoqda.

Bu yil qish-bahor oylarida Oʻzbekiston bozorlarida kartoshka qimmatlashdi, ushbu muammoga Prezident Shavkat Mirziyoyev bir necha marta eʼtibor qaratdi.

Ichki bozordagi talabni qondirish maqsadida chetdan kartoshka importini tashkil qilishga toʻgʻri keldi.

Oxirgi oylarda goʻsht qimmatlashgani kuzatildi.

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov goʻsht narxini 29 ming soʻmdan oshirmaslik haqida koʻrsatma berdi.

BBCga aytaman: Toshkent bozorlari olibsotarlar qoʻlida

Oʻzbekistonda va xorijda 2000-yillardan 2015 yilgacha Uznews mustaqil axborot web-sayti faoliyat yuritgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq