Shimoliy Koreya Amerika bazasiga hujum qilmoqchi

Shimoliy Koreya rahbarlari Image copyright Reuters
Image caption Shimoliy Koreya rahbarlari

Shimoliy Koreya Amerikaning Tinch okeani hafzasidagi Guam harbiy bazasini raketa hujumiga tutish masalasini koʻrib chiqmoqda.

Bu haqda davlat matbuoti xabar qilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp sal avvalroq Shimoliy Koreyaga "gʻazab va olovli hujum" bilan tahdid qilgandi.

Image copyright Reuters
Image caption Guamdagi AQSh bazasi

Guamda AQShning bombardimonchi uchoqlari joylashgan.

Ikki davlat oʻrtasidagi soʻnggi aytishuvlar ziddiyat kuchayganidan darak bermoqda.

BMTning Shimoliy Koreyaga yaqinda joriy qilgan jazo choralari bu davlat tomonidan "mustaqilligimizga zoʻravon tarzda daxl qilish", deb taʼriflangan va AQShga bu "qimmatga tushishini" aytgandi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq