Orenburg yaqinida 13 oʻzbekistonlik jarohatlangan

YTH roʻy bergan joy Image copyright RIA56 Video

8 avgust kuni soat mahalliy vaqt bilan taxminan 22:00 larda Orenburg viloyatining "Nijnyaya Pavlovka - Xolodniye Klyuchi" avtomobil yoʻlining 12-kilometrida Oʻzbekiston fuqarolari bilan yoʻl-transport hodisasi roʻy bergan.

Yoʻlda "Mercedes" mikroavtobusi va "Chevrolet Lanos" yengil avtomobillari toʻqnashib ketgan.

Rossiya Favqulodda Vaziyatlar vazirligiga koʻra, YTHda 2 nafar Rossiya fuqarosi vafot etgan.

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi saytida berilgan axborotga koʻra, mikroavtobusda boʻlgan 13 nafar oʻzbekiston fuqarolari yengil tan jarohatlari olishgan.

Jarohatlangan yoʻlovchilar shahar va tuman shifoxonalariga yetkazilgan va tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.

- Elchixona Konsullik boʻlimi ushbu hodisa yuzasidan jabr koʻrgan Oʻzbekiston fuqarolariga zarur yordam koʻrsatish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, - debyiladi Oʻzbekiston elchiligi tarqatgan xabarda.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq