Энди уй солиғи 10 баравар ошадими?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Endi uy soligʻi 10 baravar oshadimi?

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi soliq undirish maqsadlarida jismoniy shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obʼektlari narxini aniqlash tartibi boʻyicha yangi qonun loyihasini muhokamaga qoʻydi.

Xavotirlarga koʻra, uyning kadastrdagi narxi bozor narxlariga moslashtirilsa, soliq keskin oshishi mumkin.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Vazirlar mahkamasi uy-joy soligʻi boʻyicha yangi taklif bilan chiqdi.

Unga koʻra, jismoniy shaxslar koʻchmas mulki narxlari endi qayta belgilanishi mumkin.

Maqsad, aftidan, bozor narxiga qarab soliq undirish.

Ammo, qonun loyihasi bu borada aniq maʼlumot bermaydi.

Uy kadastrida uy qiymati odatda keskin kamaytirib koʻrsatiladi.

Masalan, 50 ming dollar toʻlangan uy kadastrda 2 ming deb koʻrsatilishi mumkin.

Soliq ham odatda shunga yarasha. Hozir u 1,7%.

Xavotirlarga koʻra, endi bu soliq uyning bozor narxiga qarab keskin oshishi mumkin.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.