Mirziyoyev: bardosh bergani, chidagani uchun xalqimizga sajda qilishimiz kerak

Prezident Shavkat Mirziyoyev Image copyright President.uz

Oʻzbekistonda ilk bor hukumat majlisida hududlardagi haqiqiy vaziyat tasvirga olingan videolar namoyish etilgan.

9 avgustda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan majlisda oddiy xalqning tashvish va muammolariga eʼtibor bermayotgan rahbarlar tanqid qilingan.

Prezident Mirziyoyev uzoq yillar mobaynida davlat xalq haqida qaygʻurmaganini tan olgan, qiyinchiliklarga bardosh bergani, chidagani uchun rahbarlar xalqqa bosh egib taʼzim qilishi lozim, deb aytgan.

Prezident Mirziyoyevning videoselektor majlisidagi bu haqdagi gaplarini mana bu yerda tinglang

Davlat axborot agentligi - OʻzA xabar qilishicha, "aksariyat masʼul shaxslar faqat yaqqol koʻzga tashlanadigan muammolar yechimi yoki yuqoridan beriladigan topshiriqlar ijrosi bilan cheklanib qolmoqda".

"Markaziy idoralar vakillarining hududlarga xizmat safarlari tegishli tarzda muvofiqlashtirilmayotgani oqibatida ularning koʻpchiligi bir-birini takrorlayapti. Joylardagi rahbarlar markazdan kelganlar bilan birga yurishga majbur boʻlib, oʻzining bevosita vazifalaridan chalgʻimoqda".

Mirziyoyev xalq xizmatkori ekanligini eslatdi

Buyuk Britaniya: "Mirziyoyev xalq bilan munosabatlarni oʻzgartirdi"

Mirziyoyev: "Toʻrtta lik, ikkita shik - bitta xalq artisti"

Mirziyoyev: "Xalqimizning 90 foizi oddiy yashaydi"

Hukumat majlisida majlisbozlik tanqid qilindi.

Shu kuni Prezident Mirziyoyev majlisbozlikni kamaytirish maqsadi koʻzlangan qarorni ham imzolagan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq