Oʻzbekistonda Karimov davridagi "qora roʻyxatlar" tugatilmoqdami?

Mirziyoyev
Image caption Prezident

Soʻnggi bir necha oy ichida Oʻzbekiston boʻylab turfa "qora roʻyxat"dan chiqarish tadbirlari boʻlib oʻtgan.

Ayrim holatlarda va joylarda "qora roʻyxat"dagilar soni koʻpligi uchun birdaniga oʻnlab, asosan diniy vajlar bilan nomlari qoralanib qolganlar chiqarilgan boʻlsa, baʼzan mahalliy jurnalistlardan biriga koʻra, "birov bilib, birov bilmay qoldi".

Image caption "Qora roʻyxat" kimlarni qaqshatmadi?

Avvaliga shoʻro, keyin mustaqil boʻlgan Oʻzbekistonni qariyb 30 yil boshqargan sobiq prezident Islom Karimov davrida "qora roʻyxat" udumga aylangandi.

Uning oʻlimidan keyin qudratga kelgan Shavkat Mirziyoyev, kuzatuvchilarga koʻra, Karimov rejimi davridagi qator siyosatlardan voz kechish harakatiga tushgan.

Juma, 11 avgust Odnoklassnikidagi BBC O'zbek sahifamizda boʻladigan jonli efirga qoʻshiling. Oʻzbekistonda "qora roʻyxat"lar qanday ishlaydi? Kim tuzadi? Bu roʻyxatdagilarga nima mumkin va nima taqiqlangan? Efir vaqti London vaqti bilan 12:45, Toshkent vaqti bilan 16:45, hamda Moskva vaqti bilan 14:45. Oʻz savol va sharhlaringizni BBCUZBEK Facebook va Odnoklassniki sahifalarida qoldiring.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq