Asfalt oʻrniga "quyosh yoʻli"?

Quyosh batareyalari panellari yotqizilayotgan yoʻl

Mashinangiz elektrda yursayu, gʻildiragi ostidagi yoʻldan quvvat olsa...

Bu gʻoyaga qanday qaraysiz?

Frantsiya hukumati tashabbusi bilan qayta tiklanadigan energiya manbalarini qidirib topish ishlari amalga oshirilmoqda.

Videoni BBC O'zbekning YouTubedagi kanalida tomosha qiling

Sinov tariqasida asfalt yoʻlning 1 kilometrini quyosh nuridan quvvatidan oladigan panellar bilan qoplab chiqishdi.

Bunga qariyb 6 million dollar sarflandi.

Bu - binolar tomiga oʻrnatilgan quyosh batareyalaridan 4-6 baraqar qimmatga tushdi.

Balki hozir emas, kelajakda avtomobil yoʻllarining ustki qatlamini quyosh panellari bilan qoplash oʻzini oqlab qolar.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02