Prezident Mirziyoyev kim bilan uchrashdi? - eng soʻnggi yangiliklar

Parlament Image copyright courtesy

Oʻzbekiston bir daqiqa ichida:

Oʻzbekiston Milliy Axborot agentligi - OʻzA Bosh direktori etib Abdusaid Koʻchimov tayinlangan. "Oʻzbekiston Temir yoʻllari" Tojikiston uchun yuk tranziti haqini 40 foiz arzonlashtirgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev esa, Toshkentda Xalqaro Taekvando Federatsiyasi Prezidenti Cho Chung Vonni qabul qilgan.

Tafsilotlari uchun yangiliklar videotoʻplamini nazardan qochirmang.

Oʻzbekiston: Oqlovlar, avtohalokat va qaytib berilmagan mulk

Oʻzbekistonda OVIRni bekor qilish qaror loyihasi tayyorlandi

Oʻzbekiston Milliy Axborot agentligi - OʻzA Bosh direktori etib Abdusaid Koʻchimov tayinlangan. Koʻchimov qariyb 10 yil Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasiga rahbarlik qilgan. OʻzAni 20 yildan ortiq boshqargan Mamatqul Hazratqulov prezident maʼmuriyatida matbuot uchun masʼul etib tayinlangan.

"Oʻzbekiston Temir yoʻllari" Tojikiston uchun yuk tranziti haqini 40 foiz arzonlashtirgan. Bu haqda "Temir yoʻllari" rahbari Davron Dehqonov aytgan. Janob Dehqonov Oʻzbekiston va Tojikiston temir yoʻlchilari munosabatlari tobora yaxshilanib, oʻzaro ishonchga asoslangan, degan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Xalqaro Taekvando Federatsiyasi Prezidenti Cho Chung Vonni qabul qilgan. Oʻzbekistonda ushbu sport turi bilan 20 mingdan ortiq kishi shugʻullanayotgani aytilgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02