Ustma-ust qonli hujumlar Markaziy Osiyo uchun nimani anglatadi?

Kamoliddin Rabbimov Image copyright courtesy

Birgina soʻnggi ikki oyning oʻzida Afgʻonistonning aksariyat Markaziy Osiyo davlatlariga bevosita chegaradosh shimoliy mintaqasi Tolibon va IShID jangarilarining ustma-ust qonli hujumlariga sahna boʻlgan.

Ularning orasida Oʻzbekiston doxil Markaziy Osiyo fuqarolariga nisbat berilib, xorijiy jangarilar ham borligi aytilgan.

Bolalar va ayollar doxil oʻnlab odamlar oʻldirilgan.

Videosuhbatimizni mana bu link orqali tomosha qilib, tinglashingiz mumkin.

Tolibon, hatto, Turkmanistonga bevosita chegaradosh shimoliy Faryob viloyatining Koʻhistonot tumanini bir necha kunga bosib olishga ham muvaffaq boʻlgan.

Kuni-kecha Oʻzbekistonga bevosita chegaradosh shimoliy Balx viloyatiga qoʻshni Saripulda esa, bu ikki jangari guruh kamida 50 kishini "shafqatsizlarcha qirib tashlagan".

Tolibon, bundan tashqari, tumanda yuzlab odamni garovga olib, qariyb bir hafta, deganda, ularni qoʻyib yuborishga rozi boʻlgan.

Voqealarning bu kabi rivoji oʻtgan 16 yil ichida Afgʻonistonda yetakchi soʻzni aytib kelgan yangi AQSh maʼmuriyati Afgʻonistonga oid strategiyasini hali-hanuz eʼlon qilmagan bir paytda kuzatilgan.

Amerikaning Afgʻonistonga minglab qoʻshimcha askar yuborish rejasi ham aro yoʻlda qolgan.

Yangi sanktsiyalar kirish qarori sabab, ustiga ustak, Amerikaning soʻnggi paytlarda Afgʻoniston masalasida faollashish harakatiga tushib qolgan Rossiya bilan shundoq ham sovuq aloqalari yanada izdan chiqib boʻlgan.

Dunyoning bu ikki qudrati oʻrtasidagi tanglik esa, Afgʻonistonning ikkinchi Suriya va ikkovlon oʻrtasida yangi "proksi urushi" maydoniga aylanishiga oid xavotirlarni paydo qilmay qoʻymagandi.

Shunday ekan, shundoqqina biqinlaridagi ustma-ust qonli hujumlar Markaziy Osiyo davlatlari uchun nimani anglatadi?

BBC Oʻzbek Xizmati xuddi shunday savol bilan Frantsiyadan siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimovga murojaat qildi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq