AQSh diplomatiyasi Shimoliy Koreya borasida "natija bermoqda"

Tramp Image copyright AFP

Amerika Mudofaa vaziri Jeyms Mattis AQSh Shimoliy Koreya inqirozini diplomatiyani ishlatib hal qilishdan umidini uzmaganini aytgan. Ikki davlat oʻrtasidagi keskin aytishmalardan bir necha kun oʻtib Mattis urush "halokatli" boʻlishi mumkinligini va diplomatiya natijalar keltira boshlaganini bildirgan.

Rasmiy Pxenyan seshanba kuni Guamdagi AQSh bazasiga toʻrtta raketa uchirish rejasii yakunlanayotganini maʼlum qilgan.

Oldinroq Prezident Donald Tramp Shimoliy Koreya AQShga qarshi harakat qilsa "juda, juda asabiylashayotgan" boʻlishi mumkinligini aytgan.

U bu ketishda KXDR rejimi boshqa ozchilik davlatlar kabi baloga uchrashi mumkinligini taʼkidlagan.

Taranglik iyul oyida Shimoliy Koreya ikkita qitʼalararo ballistik raketa uchirganidan soʻng boshlandi.

Image copyright AFP
Image caption Jeyms Mattis urush halokatli boʻlishini aytgan

BMT tomonidan KXDRga nisbatan iqtisodiy sanktsiyalarni kuchaytirish qarori Pxenyaning gʻazabiga sabab boʻldi.

Shimoliy Koreya Amerikaning Tinch okeani hafzasidagi Guam harbiy bazasini raketa hujumiga tutish masalasini koʻrib chiqayotganini maʼlum qilgandi. Tinch okeanidagi ushbu kichik orolda AQShning strategik borbadirmonchilari joylashgan va 160 mingdan ziyod amerikalik istiqomat qiladi.

Payshanba kuni Kaliforniyada gapirgan AQSh Mudofaa vaziri Mattis mojaroga tayyor turish uning vazifasi ekanligini taʼkidlagan.

Biroq uning aytishicha, Davlat kotibi Reks Tillerson hamda BMT elchisi Nikki Haley birgalikda dipolomatik kelishuvlar olib bormoqda va u oʻz natijalarini bera boshlagna.

U aynan qanday diplomatik yoʻllar qoʻllanilayotgani haqida hech qanday maʼlumot bermagan. Shunga qaramasdan BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaga nisbatan shanba kuni yangi sanktsiyalar qoʻllashga kelishgan.

"Urushning fojialari hammaga maʼlum. Urushga halokatli boʻladi, degan tasnifdan boshqasi ortiqcha", - degan Mattis.

Jurnalistlar undan Amerikaning mojaroga nisbatan harbiy rejalari haqida soʻraganida Mattis mamlakat unga tayyor ekanligini, biroq u dushmanga rejasini oldindan oshkor qilmoqchi emasligini taʼkidlagan.

AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Shimoliy Koreyaga "gʻazab va olovli hujum" bilan tahdid qilgandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq