Oʻzbekiston: "qora bozor"da dollar tushmoqda...

Toshkent Image copyright Asia Terra.info

Oʻzbekiston bir daqiqa ichida:

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurgan. Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel kelishi bilan ogohlantirmoqda. Toshkentning yirik bozorlarida esa, AQSh dollarining "qora bozor"dagi narxi tushib ketayotganiga oid xabarlar olinmoqda.

Videoyangiliklar toʻplamimizni nazardan qochirmang.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurgan. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rivojlanishining ikkinchi bosqichi" loyihasi ishlarini boshlashga bagʻishlangan tantanali marosimda ishtirok etgan. Oʻzbekistonda yetakchilaridan boʻlgan bu kombinatda rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqariladi.

Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlik bilan chiqqan. 11-13 avgust kunlari Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlariga sel oqimlari kelishi xavfi bilan ogohlantirgan. Vazirlik bu viloyatlarning togʻli va togʻ oldi hududlarini nazarda tutgan.

Xabarlarga koʻra, Toshkentning yirik bozorlarida AQSh dollarining "qora bozor"dagi narxi tushib ketmoqda. Ayon boʻlishicha, bir dollar 7600-7800 soʻmdan sotib olinmoqda va 50-100 soʻm qimmatroqqa sotilmoqda. Bunga Oʻzbekistonda konvertatsiya ochilishi, prezidentning bu borada bir necha yangi qarorlar qabul qilganiga oid xabarlar sabab boʻlgani aytiladi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02