Oʻzbekistonda qora roʻyxatga kimlar tushadi?

Ulugʻbek Haydarov qora roʻyxatdagi jurnalist
Image caption Ulugʻbek Haydarov qora roʻyxatdagi jurnalist

Qora roʻyxatga nafaqat yozuvchi, shoir, jurnalist, inson huquqlari faoli, muxolifatchi yo dindorlar, balki xorijga uzoq vaqtga ishlash uchun chiqqan oddiy oʻzbekistonliklar ham tushishi mumkin.

Oʻzbekistonda nima uchun qora roʻyxatlar bor? Bu roʻyxatlar kim tomonidan va nima maqsadda tuziladi? Ularga kim tushishi mumkin? Bu savollarni biz ayni mavzuga bagʻishlangan jonli dasturimizda qora roʻyxatga tushgan yozuvchi, jurnalist va inson huquqlari faollariga berdik.

Oxirgi vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyevning qora roʻyxatlarni yoʻq qilish chaqiriqlari sabab Oʻzbekiston ichi va tashqarisidagi qator odamlar roʻyxatdan chiqarilgani va oqlangani xabar qilinmoqda. Yozuvchi Nurulloh Muhammad Orifxon va Mamadali Mahmud, muxolif jurnalist Muhammad Bekjon, futbol va diniy mavzular sharhlovchisi Xayrulla Hamidovlar shular sirasidan.

Jonli dasturimizni tomosha qilish uchun mana bu yerga bosing.

Yoki biroz tahrir qilingan variantini koʻrish uchun mana bu yerga bosing.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02