Oʻzbekiston tutqunlariga videomuloqotga ruxsat beriladi

Kompyuter va web kamera Image copyright BBC O'zbek

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi faoliyatini takomillashtirish maqsadidagi qarorni imzolagan.

Mahalliy matbuot xabarlariga koʻra, yaqin orada Oʻzbekiston qamoqxonalarida saqlanayotgan mahkumlarga oʻzlarining yaqinlari bilan video konferentsiya orqali muloqot qilishlariga ruxsat beriladi.

Shuningdek, voyaga yetmagan mahkumlarning jazoni ijro etish muassasasida bilim olish, biror bir kasbni egallashlari uchun sharoit yaratilishi koʻzda tutilgan.

Prezident qarorida tutqunlarning insoniy qadr-qimmatini poymol etishga yoʻl qoʻymaslik, bunga yoʻl qoʻygan Ichki ishlar vazirligi xodimlari javobgarlikka mubtalo boʻlishlari eslatilgan.

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tizimida ishlayotgan xodimlarning malakasi oshirilishi lozim.

Bundan keyin ushbu boshqarmaning Markaziy jamgʻarmasi boʻladi, mahkumlar mehnati evaziga yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari, boshqa tayyor mahsulotlar savdosidan tushgan daromad ana shu jamgʻarmaga borib tushadi.

Oʻzbekiston qamoqxonalari 2023 yilgacha soliqlardan ozod etilgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq