Test natijalari muddatidan oldin eʼlon qilinadi

Test natijalari bilan tanishish Image copyright daryo.uz

Oʻzbekiston Davlat Test markazi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun topshirilgan test imtihonlarining natijalari boshida eʼlon qilinganidek 17 avgustda emas, 15 avgust seshanba kuni maʼlum boʻlishini xabar qildi.

"2017-2018 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga oʻtkazilgan test sinovi natijalarini hisoblash yakunlandi. Test sinovi natijalari respublikaning barcha oliy taʼlim muassasalariga oʻrnatilgan tartibda yetkazib berildi. Abituriyentlar 2017 yilning 15 avgust kuni soat 8:00 dan qabul komissiyalari eʼlon taxtasidan test sinovida toʻplagan ballarini bilib olishlari mumkin", deya xabar qildi "Axborot 24" televizion yangiliklar dasturi.

Videoni tomosha qiling

Har yilgidek Oʻzbekistonda test imtihonlari 1 avgust kuni boʻlib oʻtdi.

Bosh vazir abituriyentga: "Yuridicheskiyda nima qilasan, svyazga bor"

Test natijalari 16 kunlik ishmi?

Prezident Mirziyoyev: "Men oʻzim testga qarshiman"

Rasmiylar qariyb 730 ming abituriyent imtihon topshirganini, har bir talaba oʻrniga 11 nomzod toʻgʻri kelganini xabar qildilar.

Mamlakatda oliy oʻquv yurtiga nopok yoʻllar bilan kirish hollari uzoq yillardan buyon kuzatiladi, bunday hollar oldini olish maqsadida test usuliga oʻtilgani ham ish bermagan.

Test natijalarini hisoblab chiqish jarayonining ham qariyb 3 hafta choʻzilishi qator savollarni yuzaga keltirgan.

Bu yil test imtihonlaridagi qallobliklar oldini olishga har doimgidan ham jiddiy kirishildi.

Respublikaning qator oliy oʻquv yurtlariga pora evaziga "oʻqishga kiritib qoʻyish"ga vaʼda bergan insonlar hibsga olingani xabar qilindi.

1 avgust kuni imtihonga kirganlar qattiqroq tekshirilgani kuzatildi.

Mamlakat rahbariyati kelgusi yildan test sinovi natijalarini imtihon tugashi bilan eʼlon qilishga vaʼda bermoqdalar.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq