Hindiston va Pokiston: boʻlinish va mustaqillik

Hindiston va Pokiston Image copyright AFP/Getty Images

Bundan 70 yil avval Buyuk Britaniya Hindistonni tark etdi va uni ikkiga boʻlib, Hindiston va Pokiston mamlakalarini yaratib ketdi.

Bu boʻlinish esa 20 asrning eng yirik fojealaridan biri oʻlaroq tarixga kirdi.

Boʻlinish va mustaqillik birga keldi.

Boʻlinish chiziqlari besh hafta ichida chizib chiqildi.

1947 yilnig avgust oyida birin-ketin Pokiston va Hindiston oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.

Mustaqillik eʼlon etilishidan avval hindlar va musulmonlar toʻqnashishdi.

Har ikki jamoadan yarim milliondan bir millionga qadar odamlar oʻldirildi.

Bu boʻlinishdan keyin Hindiston va Pokiston munosabatlari hech qachon oʻnglanmadi.

Ikkala tomon ham Kashmirga egalik qilishga daʼvogar va bu ziddiyat hali ham oʻz yechimini topmagan.

Bundan ikki yil avval tayorlagan Hind-Pokiston chegarasi haqidagi videolavhamizni tomosha qiling:

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

Bu mavzuda batafsilroq